Serap Özçelik Arapoğlu (1988-yil 18-fevralda tugʻilgan) — turkiyalik karatechi, kumite boʻyicha 50—53 kilogramm vazn toifalarigi musobaqalarda ishtirok etadi[1][2]. 2014-yilgi jahon chempioni. 2011, 2012 va 2014-yillarda Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan[3].

Serap Özçelik
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tavallud sanasi 18-fevral 1988-yil (1988-02-18) (36 yosh)
Şişli, Istanbul, Turkiya
Boʻyi 1.60 m
Vazni 50 kg
Sport
Mamlakat Turkiya
Qaysi sport Karate
Klubi İstanbul Büyükşehir Belediyespor

Serap Özçelik 2000-yilda Istanbulning Eyüp shahrida karate bilan shugʻullana boshlagan va 2005-yilda terma jamoa safiga chaqirilgan. Anqaradagi EGO sport klubi aʼzosi. Özçelik Istanbulning Kağıthane shahridagi Yaşar Doğu nomli boshlangʻich maktabida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda[4].

2013-yilda Kolumbiyaning Kali shahrida boʻlib oʻtgan jahon oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 50 kg vazn toifasidagi kumite bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan[5]. Finalda Serap Özçelik Arapoğlu fransiyalik Alexandra Recchiani magʻlub etgan.

2014-yilda Germaniyaning Bremen shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha jahon chempionatining finalida Serap Özçelik Kelib chiqishi turkiyalik boʻlgan, Germaniya sharafini himoya qilgan Duygu Buğur bilan toʻqnash kelgan va 6-1 hisobida magʻlub etib, kumite yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritgan[6].

2019-yilning 19-may kuni maktab oʻquvchilari va Serap Özçelik oʻrtasida davra suhbati tashkil etilgan. Shu suhbatda sportchi 2017 va 2018-yilda jahonning eng yaxshi karatechisiga topshiriladigan Grand Winner mukofotini qoʻlga kiritganligi haqida aytib oʻtgan[7].

2020-yili Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan yozgi olimpiya oʻyinlarida Turkiya sharafini himoya qilgan[8]. Ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan[9].

Jazoirning Oran shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 50 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun bahsda magʻlub boʻlgan[10].

Izpaniyaning Guadalajara shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha Yevropa chempionatining 50 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Pollshada boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[11].

Manbalar

tahrir
  1. „Serap Ozcelik“. Karate Records. Qaraldi: 2011-yil 21-may.
  2. „Karate – Ozcelik Serap“. Pescara 2009. 2009-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  3. „2011 European Karate Championships Medalists“. World Karate Federation. 2020-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  4. Turna, Seyfullah. „Kağıthanedeki Avrupa Fatihi Ögretmen...“ (Turkish). Ajans Kağıthane (2012-yil 31-may). 2012-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  5. „Karate Medalists by Event“. 2013 World Games. 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-avgust.
  6. „Serap Özçelik dünya şampiyonu“ (tr). Qaraldi: 2024-yil 30-may.
  7. „Şampiyon Karatecimiz Serap Özçelik Arapoğlu ile Söyleşi“ (tr) (2019-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 30-may.
  8. Pavitt, Michael. „WKF confirm first 40 qualifiers for Tokyo 2020 karate competition“. InsideTheGames.biz (2021-yil 26-may). Qaraldi: 2021-yil 23-iyun.
  9. „Karate Results Book“. 2020 Summer Olympics. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  10. „Karate Results Book“. 2022 Mediterranean Games. 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  11. „Karate Medalists by Event“. 2023 European Games. 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.