Sergey Azimov
Sergey Jumabayevich Azimov (qozoqcha: Сергей Жұмабайұлы Әзімов)(1954-yil 30-iyun, Nukus) – sovet va qozoq kinorejissyori, SSSR Kinematograflar uyushmasi aʼzosi (1982), Qozogʻiston Lenin komsomol mukofoti laureati (1990), Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi(1996)[1].
Sergey Azimov | |
---|---|
Tavalludi |
30-iyun 1954-yil |
Fuqaroligi | SSSR va Qozogʻiston |
Kasbi | Kinorejissyor |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1954-yil 30-iyunda Qoraqalpogʻiston SSSR Nukus shahrida dunyoga kelgan. Kelib chiqishi boʻyicha Sergey Azimov Kichik Juzning qozoq xoni Abulxayrning avlodi hisoblanadi[2]. 1970-yildan viloyat gazetasining adabiy xodimi, „Qozoqtelefilm“ kinostudiyasida assistent, direktor yordamchisi boʻlib faoliyat yuritgan. 1973-yilda Butunittifoq davlat kinematografiya institutining rejissyorlik boʻlimiga oʻqishga kirgan. 1978-yilda VGIKning rejissyorlik fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Azimov „Interval“ (1982), „Ring“ (1983), „Joktau“, „Oʻlik dengiz yilnomasi“ (1989—1990) kabi hujjatli filmlar muallifi, ular Butunittifoq va xalqaro kinofestivallarning mukofotlariga sazovor boʻlgan. B.Qairbekov, R.Alpiyev bilan hamkorlikda „Rovesnik respubliki“ filmi ssenariysi muallifi hisoblanadi (1999). 1993-yildan 1996-yilgacha Azimov mustaqil prodyuser va rejissyor boʻlib faoliyat yuritgan. 1996—1997-yillarda Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati sektori mudiri boʻlgan. 1997—2001-yillarda „Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti teleradiokompaniyasi“ Olmaota shahridagi filiali bosh direktorining oʻrinbosari, ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan. Azimov B.Kairbekov bilan birgalikda Qozogʻiston Milliy Badiiy Akademiyasida hujjatli film rejissyorligi fakultetining ilk bitiruvchilari boʻlishgan . 2001—2002-yillarda „Xabar“ agentligi YoAJ TPO-I bosh ishlab chiqaruvchisi boʻlgan. 2002-yil may oyidan 2007-yil noyabrigacha „Qozoqfilm“ milliy kompaniyasi davlat korxonasi bosh direktori boʻlib faoliyat yuritgan.
Sergey Azimov „Filmi vstrechayutsya v Alma Ate“ (1986), „Zapavednoe Mesto“ (1989) kabi mashhur hujjatli filmlar muallifi hisoblanadi. „Neizvestnie stranitsi jizni Izbrannogo“ (1997), „Ya nazivayu Abaya Otsom“ (1997), „Festival. Itogi i nadejdi“ (1998), „istoriya odnoy lyubvi“ (2001), „Nichego nevozmojnogo net“ (2001) kabi juda koʻplab filmlarga ham Sergey Azimov rejissyorlik qilgan.
Mukofotlari
tahrir- 1996-yil – Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi
- 2006 yil – "Kurmet" ordeni
- 2014 yil – Parasat ordeni
Manbalar
tahrir- ↑ „https://rus.team/people/azimov-sergej-zhumabaevich?ysclid=ln6c727tqx892767467“.
- ↑ „Потомки Абулхаир-хана прибыли в Актюбинскую область для участия в памятном мероприятии“. 2022-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.