Sergey Vcherashnev Georgiyevich (1959-yil 11-aprel, Rostov viloyati, RSFSR – 1980-yil 1-dekabr, Parvon, Afgʻoniston Respublikasi) – 177-motooʻq polki tankining oddiy, mexanik-haydovchisi (Salang dovoni, Parvon viloyati). Afgʻon urushidagi (1979–1989) koʻrsatgan jasorati uchun Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Qizil Bayroq ordeni Nevelsk 108-motooʻqchi diviziyasining qahramonlik koʻrsatgan jangchilaridan biri[1].

Sergey Vcherashnev
Tavalludi 11-aprel 1959-yil
Vafoti 1-dekabr 1980-yil
Parvon Afgʻoniston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Vcherashnev 1959-yil 11-aprelda Rostov viloyati, Belokalitvinskiy tumani Gornyatskiy qishlogʻida tavallud topgan. Sholoxovskiy qishlogʻidagi 8-sonli oʻrta maktabda oʻqigan. Shaxti kon texnikumida tahsil olgan, keyinchalik Sholoxovskiy-Vostochniy konida ishlagan.

Sovet Armiyasidagi xizmati tahrir

Sergey 1979-yil 5-mayda Belokalitvinskiy RVK tomonidan armiyaga chaqirilgan. 1979-yil noyabrdan Afgʻonistonda xizmat faoliyati olib borgan. Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondagi cheklangan kontingentiga qarashli Qizil bayroq Turkiston okrugi 40-armiyasiga qarashli 108-Qizil bayroq Nevelsk motooʻqchilar diviziyasining 177-motooʻqchi polkida tank haydovchisi boʻlib xizmat qilgan.

Xotirasi tahrir

Sergey Vcherashnev qoʻmondonlik jangovar topshiriqni bajarayotib, 1980-yil 1-dekabrda qahramonlarcha halok boʻldi[2].

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1994-yil 7-apreldagi „Afgʻoniston Respublikasida harbiy burchni bajarish jarayonida koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ farmoni bilan unga Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni berilgan (vafotidan keyin).

Ushbu Farmon bilan oʻz safdoshlarini qutqarish chogʻida halok boʻlgan Vcherashnev Sergey Georgiyevichga nisbatan tarixiy adolat tiklandi.

Sergey Vcherashnev Belokalitvinskiy tumani Sholoxovskiy qishlogʻida dafn etilgan[3].

Qahramon nomi Sholoxovskiy qishlogʻidagi sakkizinchi shahar oʻrta maktabiga va Belaya Kalitva shahridagi koʻchalardan biriga berilgan.

Mukofotlari tahrir

Sergey Vcherashnev vafotidan soʻng Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (Oltin yulduz medali), Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlandi.

Manbalar tahrir

  1. Anton Bocharov. „Вчерашнев, Сергей Георгиевич“ (ruscha). Герои страны. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.
  2. Полупанов К. А.. Герои Белокалитвенского района (ruscha), Rostov-na-Donu, 2015. 
  3. „Вчерашнев Сергей Георгиевич“ (ruscha). BankGorodov.ru. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.