Rostov-Don
Rostov-Don (ruscha: Ростов-на-Дону) — Rossiyadagi shahar, Rostov viloyati markazi. Yirik temir yoʻl, shosse va havo yoʻllari tuguni. Daryo porti. Don daryosi boʻyida, uning Azov dengiziga quyilish joyidan 46 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 1 115 000 kishi (2015).[1] 7 tumanga boʻlingan.
Shahar
Rostov-Don
Ростов-на-Дону
|
Rostov-Don — yirik sanoat markazi. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi ("Rostselmash" ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar), dastgohsozlik, aviasozlik, elektrotexnika, radioelektron, kimyo, yengil (koʻn-poyabzal, trikotaj birlashmasi, tikuvchilik fabrikalari), oziq-ovqat (tamaki, qandolat fabrikalari, goʻsht mahsulotlari, vino zavodlari), yogʻochsozlik sanoatlari mavjud.
Shaharda 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), konservatoriya, 4 teatr faoliyat koʻrsatadi. Oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari bor. Rostov-Donga 1749-yilda Temernitskaya bojxonasi va porti sifatida asos solingan. 1761-yilda mitropolit Dmitriy Rostovskiy sharafiga "Rostovskaya" deb nomlangan qalʼaning qurilishi boshlangan. 1806-yildan Rostov-Don nomini olgan. 20-asr boshlarida Rostov-Don hududiga Naxichevan-Don shahri (1778-yilda asos solingan) ham kiritilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida shaharni 2 marta nemis fashistlari egallagan. 1943-yilda ozod qilingan.[3]
ManbalarTahrirlash
- ↑ 1,0 1,1 Ростовстат. Численность городского и сельского населения на 1 января 2015 года
- ↑ Ростовская агломерация. Существующее положение
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |