Serkan Aykut (1975-yil, 24-fevralda tugʻilgan) — turkiyalik futbolchi, hujumchi. Samsunspor va Galatasaroy klublari safida faoliyat olib borgan[1]. Samsunspor futbol klubi muxlislari tomonidan tuzilgan klubning eng yaxshi futbolchilaridan iborat tarkibdan oʻrin olgan[2].

Serkan Aykut
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tavallud sanasi 24-fevral 1975-yil (1975-02-24) (49 yosh)
Anqara, Turkiya
Sport
Mamlakat Turkiya
Qaysi sport Futbol
Pozitsiyasi Hujumchi
Klubi Samsunspor
Galatasaroy

Klublardagi faoliyati

tahrir

Professional faoliyatini 1993-yilda „Samsunspor“ klubida boshlagan. va Samsunsporda safidagi yetti mavsum davomida 201 ta oʻyinda ishtirok etgan. Samsunliklar jamoasida koʻpincha asosiy tarkib futbolchisi sifatida maydonga tushgan. Har bir oʻyinda oʻrtacha 0,55 gol urgan va jamoaning asosiy toʻpurarlaridan biri boʻlgan. 1999—2000-yilgi mavsumda Aykut raqiblar darvozasiga 30 ta toʻp kiritib, Turkiya Superligasining eng yaxshi toʻpurari nomiga loyiq topilgan.

2000-yilda Turkiya milliy chempionatining eng yaxshi toʻpurari 5,9 million dollar evaziga "Galatasaroy" klubigaga taklif qilingan. Galatasaray Serkan Aykutni klubning hujumdagi uzoq yillik yetakchisi Arif Erdemga oʻrinbosar sifatida koʻrgan. Serkan Aykut Galatasaroy gʻalabasi bilan yakunlangan 2000-yilgi UEFA Superkubogi bahsi uchun qaydnomaga kiritilgan. Lekin maydonga tushmagan Oʻyinni zaxira oʻrindigʻida kuzatib borgan. Umuman olganda, Serkan poytaxt jamoasida ikki mavsum davomida harakat qilgan. Muntazam gol urganligiga qaramasdan jamoaning asosiy hujumchisiga aylana olmagan.

2002-yilda Arif Erdem Galatasaroy safiga qaytganidan soʻng Aykut oʻz faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qilgan va „Samsunspor“ga qaytgan. Samsunspor safida yana yetti mavsum faoliyat olib borgan va 2009-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Aykut Turkiya terma jamoasi safidagi yagona oʻyinini 1997-yil 12-fevralda Finlyandiyaga (1:1) qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan. 72-daqiqada Arif Erdem oʻrniga maydonga tushgan.

Yutuqlari

tahrir

Shaxsiy

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Stats Centre: Serkan Aykut Facts“. Guardian.co.uk. 2012-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-aprel.
  2. Andoza:Web kaynağı