Severnaya zvezda
Ivanushki International guruhi qoʻshigʻi (2002)
„Severnaya zvezda“ (ruscha: Северная звезда, yaʼni „Shimoliy yulduz“) — „Ivanushki International“ rus guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2002-yil eʼlon qilingan „Oleg, Andrey, Kirill“ nomli studiyaviy albomiga uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1][2]. Qoʻshiq matnini shoir Pavel Jagun yozgan, kuyini esa guruh prodyuseri Igor Matviyenko bastalagan.
„Severnaya zvezda“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Ivanushki International“ qoʻshigʻi | ||||
„Oleg, Andrey, Kirill“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2002 | |||
Janr | pop | |||
Davomiyligi | 04:42 | |||
Matn muallif(lar)i | Pavel Jagun | |||
Bastakor(lar) | Igor Matviyenko | |||
„Oleg, Andrey, Kirill“ xronologiyasi | ||||
|
Qoʻshiq 2003-yil „Pesnya goda“ tanlovi finalining saralash bosqichigacha yetgan. 2004-yil jamoa „Severnaya zvezda“ qoʻshigʻini rus xonandasi, „Fabrika zvyozd-1“ tanlovi ishtorokchisi Irina Toneva bilan ijro etgan. Qoʻshiq uchun klip suratga olinmagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Олег, Андрей, Кирилл“. Spotify. Qaraldi: 23-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Олег, Андрей, Кирилл“. Apple Music. Qaraldi: 23-oktabr 2022-yil.