Seym (ukraincha: Сейм) — Rossiya Federatsiyasi Kursk viloyati va Ukrainaning Sumi va Chernigov viloyatlaridagi daryo. Desna daryosining chap irmogʻi. (Dnepr havzasi). Uz. 748 km, havzasining maydoni 27,5 ming km². Oʻrta Rossiya qirlaridan boshlanadi. Keng vodiy boʻylab yoyilib oqadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Noyab.—dekabr oxirlarida muzlab, mart — aprelda muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi (quyilish yeridan 105 km yuqorida). Quyi oqimida kemalar qatnaydi. Seym sohilida Kursk, Lgov, Rilsk, Putivl shaharlari joylashgan.[1]