Shahlo Temirova
Tavalludi
Temirova Shahlo Zayniddinovna

1989-yil 12-aprel
Samarqand Oʻzbekiston Oʻzbekiston Sovet Ittifoqi SSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston, O'zbek
Kasbi Aktrisa
Janr Melodramma, komediya
Faoliyat yillari 2008-yildan beri
Yoʻnalish teatr aktrisasi
Bolalari 2-ta qizi
Mukofotlari "E'TIROF" (2015-yilda)

Biografiya tahrir

Temirova Shahlo Zayniddinovna 1989-yil 12-aprelda Samarqand viloyatining Oqtosh tumanida dunyoga kelgan. Oilada oʻrtancha farzand boʻlib, bir akasi va bir singlisi bor. Oʻquvchilik yillarida Toshkent shahrining Sirgʻali tumaniga koʻchib keladi. Maktabda oʻqib yurgan paytlarida raqs, fortopiyanina chalish toʻgaraklariga qatnay boshlaydi. Shahlo Temirova 2007-2011-yillar Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olgan. Oʻqish jarayonida „Mariya“ spektaklida Mariya, „Kuzning birinchi kuni“da Qiz rollarni ijro etgan.[1]

Shaxsiy hayoti tahrir

Shahlo Temirova oilali. Aktrisaning bugungi kunga kelib ikki nafar qizi bor. 2016-yilda aktrisa oʻzining Ilhom ismli kursdoshi bilan oila quradi. Shahlo Temirova teatr aktrisasi faoliyatidan tashqari turli film va seriallarda rollarni ijro etish, reklama, bayram va oqshomlarda boshlovchilik qilish bilan ham shugʻullanadi.

Kino sanoatidagi faoliyati tahrir

Shahlo Temirova oʻzbek milliy teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilgan „Yollangan sovchi“, „Oʻjar kelin“, „Janob qorovul“, „Qoʻchqor akamning koptogi“, „Yoningdaman ota“, „Baxt uyi“, „Yor tafti“, „Yuragim seniki“, „Shukrona“ kabi filmlarda obrazlar ijro etdi. Shaxlo Temirova shuningdek, „Yuragim seniki“, „Shukrona“, „Yollangan sovchi“, „Oʻjar kelin“, kabi filmlarda obrazlar ijro etgan. Ular orasida eng salmoqli va mashxur filmlarga „Said bilan Saida“, „Baron“, Shuxrat Abbasovning „Dilor Dilor dil va or“, „Oppoq orzular“ kabi filmlarni keltirish mumkin.[2]

Filmlari tahrir

Yil Nomi Rol
2011 Er bermoq jon bermoq 2 "Nodira"
2012 "Yollangan sovchi” "Asal"
2012 "Parizod" epizod
2012 "Onaginam orzusi” epizod
2012 "Dilor, Dilor, Dil va Or” "Dilor"
2012 "O'jar kelin" "Laylo"
2012 "Janob qorovul” "Shahlo"
2012 "Baxt uyi" "Xoshimova"
2013 "Qoʻchqor akamning koptogi" "Sarvinoz"
2014 "Yoningdaman ota" "Nodira"
2014 "Yor tafti" epizod
2015 "Yuragim seniki" epizod
2019 "Said va Saida" "Saida"
2019 "Parallel kesishmaydi" "Munisa"
2016 Baron "Nigora"
2013 Bekatdagi odam epizod
2013 Tasodif "Nazokat"
2014 "Gumrohlari" epizod
2015 "Ota" "Nodira"
2016 Yolgʻizlar "Nigora"
2017 Er bermoq jon bermoq 2 "Nodira"
2018 Oppoq orzular "Nigora"
2018 "Tanxoyimsan" epizod

Seriallari tahrir

Yil Nomi Rol
2011 "Jiyda guli" "Asal"
2013 "Uy bekasi" Uy bekasi
2019 "Shukrona" epizod
2020 " Sabru sadoqat" epizod
2021 "Najotkorlar" epizod

Teatrdagi faoliyati tahrir

Shaxlo Temirova jamoat ishlarida ham faol qatnashib, oldiga qoʻyilgan har bir vazifani halol bajaradi. Jamoa uni isteʼdodli aktrisa sifatida hurmat qiladi. 2015-yil „Eʼtirof“ mukofoti sovrindori yilning eng yaxshi teatr aktrisasi nominatsiyasi gʻolibi. Shahlo Temirova Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan „Kunduzsiz kechalar“da Qiz kabi koʻplab rang-barang rollar ijro etib tomoshabinlarning olqishlariga sazovor boʻlib kelmoqda.[3] 2014-yildan Milliy teatrda faoliyat olib boradi. Shahlo Temirova Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan „Koʻngil“ spektaklida kelin, „Andishali kelinchak“da kelin, „Tong otgan taraflar“da Oyyorugʻ, „Omon boʻlgin, azizim!“da yoshligi, „Yigʻloma qiz“da Gulnafis, „Oʻtkan kunlar“da Kumush, „Oʻzbekcha raqs“da kichkina kelin, „Ogoh boʻling, odamlar“da Nafisa, „Yangi yil sarguzati“da qorqiz, „Rustam“da joriya, „Kunduzsiz kechalar“da qiz, „Quyoshni sen uygʻotasan“da qiz, „Qumda sevgi jilolari“da qiz kabi rollarni ijro etdi.[4]

Teatrda ijro etgan roʻllari tahrir

Yil Nomi Rol
2010 "Mariya" "Mariya"
2010 "Omon boʻlgin yoshligim" Yoshlik
2011 ""Kuzning birinchi kuni”” Qiz
2013 "Koʻngil" Kelin
2014 ""Andishali kelinchak”” Kelin
2012 "Oʻzbekcha raqs" Kichkina kelin
2014 "Rustam" Joriya
2014 "Kunduzsiz kechalar" "Mariya"
2015 "Quyoshni sen uygʻotasanda" Qiz
2010 "Unda sevgi jilovlari" Qiz
2013 "Yangi yil sarguzashti" Qor qiz
2014 "Oʻtkan kunlar" "Kumush"
2012 ""Tong otgan taraflar”" "Oyyorugʻ"
2012 ""Yigʻlama qiz”” "Gulnafis"
2012 "Ogoh boʻling odamlar" "Nafisa"
2013 "„Kunduzsiz kechalar“" Qiz

Manbalar tahrir

  1. „Shahlo Temirova“. video.anarim.az. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  2. „Shahlo Temirova“. www.kino-teatr.ru. Kino Teatr (23 авг. 2021 г.). Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  3. „Shahlo Temirova haqida“. buluteka.com. BULUTEKA (2022). 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  4. „Shahlo Temirova“. muz.uz. LET MEDIA. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.

Havolalar tahrir