Shahzodjon Neʼmatjonov (2003-yil 6-avgustda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Metallurg“ klubi va Oʻzbekiston U20 futbol terma jamoasi hujumchisi[1][2].

Shahzodjon Neʼmatjonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shahzodjon Neʼmatjonov
Tavallud sanasi 6-avgust 2003-yil (2003-08-06) (20 yosh)
Tavallud joyi Bekobod Oʻzbekiston
Boʻyi 1,82 sm
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Metallurg Bekobod
Raqami 25
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2020—2022 Metallurg U 21
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022— Metallurg Bekobod 17 (2)
Milliy terma jamoa
2022—2023 Oʻzbekiston U20 6 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Shahzodjon Neʼmatjonov 2003-yil 6-avgustda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tugʻilgan. U „Metallurg“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2022-yilgacha „Metallurg“ klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan[3]. Shahzodjon Neʼmatjonovning transfermarktdagi narxi 150 ming yevroni tashkil etadi (2023-yilgi maʼlumot).  

Metallurg safida tahrir

Shahzodjon Neʼmatjonov 2022-yilgacha „Metallurg“ klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qildi. 2020-yilgi mavsumda oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida raqiblar darvozasiga 7 ta gol urdi va jamoa bilan birgalikda Oʻzbekiston yoshlar birinchiligi chempioni boʻldi. 2021-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol klubining asosiy tarkibiga jalb etib kelinmoqda. 2022-yilgi mavsumda Superliga musobaqasida asosiy tarkibning 10 ta uchrashuvida maydonga tushgan. Oʻsha mavsum oʻrinbosarlar tarkibida 16 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 13 ta gol kiritdi.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Neʼmatjonov Shahzodjon Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyut uchrashuvini 2022-yil 26-fevralida AGMK futbol klubiga qarshi oʻyinda amalga oshirgan[4][5][6].

Faoliyatidagi statistikasi tahrir

Klub safidagi statistikasi tahrir

Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Kubogi Yoshlar birinchiligi Boshqa Umumiy
Chempionat Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Metallurg
2022-yil Superliga 10 0 3 0 16 13 29 13


Oʻzbekiston milliy terma jamoasida
Yil Oʻyinlar Gollar
2022-yil 4 3
2023-yil 7 3
Jami 11 6


Yutuqlari tahrir

Metallurg FK

  • Oʻzbekiston U-21 chempionati gʻolibi 2020-yil[3]

Oʻzbekiston U20

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir