Shamshod Majitovich Abdullayev (1957-yil 1-noyabr, Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati)[1][2] — rusiyzabon oʻzbek shoiri, yozuvchi, tarjimon. Fargʻona sheʼriyat maktabi asoschisi[3].

Shamshod Madjitovich Abdullayev
Tavalludi 1957-yil 10-yanvar
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi shoir, nosir va tarjimon
Mukofotlari Andrei Bely mukofoti (sheʼriyat yoʻnalishida, 1993)
„Bayroq“ jurnali mukofoti (esse yoʻnalishida, 1998)
Sheʼriyat yoʻnalishida Rossiya mukofoti (2006)
Sheʼriyat yoʻnalishida Rossiya mukofoti (2013)
Jozeph Brodskiy jamgʻarmasi stipendiyasi sovrindori (2015)

Biografiyasi tahrir

Shamshod Majitovich Abdullayev 1957-yil 1-noyabrda Fargʻona viloyatida tavallud topgan.

1979-yilda Fargʻona pedagogika institutining rus filologiyasi va adabiyoti fakultetini tamomlagan. 1991—1995-yillarda „Zvezda Vostoka“ („Sharq yulduzi“) jurnali sheʼriyat boʻlimining mudiri sifatida faoliyat yuritadi. Abdullayevning dastlabki sheʼriy toʻplami Sankt-Peterburg shahrida nashr etilgan boʻlib, ushbu toʻplam koʻplab taniqdchilarning olqishlariga sazovor boʻladi hamda nufuzli Andrei Bely mukofotiga loyiq koʻriladi[4].

Abdullayev qalamiga mansub toʻrtta sheʼriy va bitta nasriy toʻplam nashr etilgan. Uning „Znamya“ („Bayroq“), „Volga“ („Volga“), „Rodnik“ („Buloq“), „Chernovik“ („Qoralama“), „Vestnik novoy literatury“ („Yangi adabiyot xabarnomasi“) kabi sheʼrlari, „Osvobojdyonny Uliss“ („Ozod qilingan Uliss“) antologiyasi va boshqa koʻplab ijod namunalari turli gazeta va jurnallarda nashr etilgan. Shuningdek, adib  Fargʻona maktabi asoschilaridan biri (Hamdam Zokirov, Daniil Kislov, Olga Grebennikova va boshqalar qatorida) hisoblanadi.

Karyerasi tahrir

Erta martaba tahrir

Shamshod Abdullayev 1990-yillar boshida Sovet Ittifoqi parchalanishi arafasida Toshkentga koʻchib oʻtadi va mahalliy „Zvezda Vostoka“ gazetasiga ishga joylashadi. 1932-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi tomonidan tashkil etilgan[5] ushbu gazetada oʻzbek adiblarining adabiy va sheʼriy antologiyalari chop etiladi. 1991-yilda esa Adbullayev „Zvezda Vostoka“ gazetasining sheʼriyat boʻlimiga bosh muharrir etib taʼyinlanadi. Jurnal mahalliy aholi tomonidan iliq kutib olinadi, shuningdek, Abdullayevning ijod namunalari ham tez orada xalqaro miqyosda eʼtirof etila boshlaydi.

1992-yilda Abdullayev oʻzining „Promejutok“ nomli birinchi sheʼriy toʻplamini nashr ettiradi. Modernizm yo‘nalishlari, shuningdek, sovet va Markaziy Osiyo mifologik simvolizmi bilan bir qatorda utopizm yo‘nalishlarini ham o‘zida mujassam etgan ushbu kitob O‘zbekistonda, Rossiyada va boshqa ko‘pgina postsovet mamlakatlarida ham keng eʼtirof va olqishlarga sazovor bo‘ladi[6].

1994-yilda Abdullayev oʻzining „The Gap“ sheʼriy toʻplami bilan katta muvaffaqiyatga erishadi, ushbu kitob, nafaqat, rus adabiyotida, balki jahon miqyosida ham eʼtirof etiladi. Ushbu toʻplami uchun Abdullayev Andrei Bely mukofoti bilan taqdirlanadi, shuningdek, Rossiyaning eng nufuzli norasmiy adabiy mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbekistonlik ijodkorga aylanadi[7].

Oʻzbek ijodkorining rus tilida qalam tebratishi va nufuzli mukofotlarga sazovor boʻlishi oʻzbekistonlik koʻplab millatchilarning noroziligiga sabab boʻladi va shu sababli Abdullayev „Zvezda Vostoka“ gazetasi muharrirligidan ketishga majbur boʻladi[8].

Chet elda tan olinishi tahrir

Shamshod Abdullayev „Zvezda Vostoka“ gazetasini tark etgach, uning sheʼrlari Oʻzbekistondan tashqarida, xususan, Rossiya gazeta va jurnallarida nashr etila boshlaydi. Uning ijod namunalari bir qator mustaqil rus adabiy jurnallarida, jumladan, Sankt-Peterburgdagi „Mitin“ va Yekaterinburgdagi „Ural Novye“ gazetalarida chop etiladi[9].

1997-yilda Abdullayev „Medlennoe leto“ sheʼriy toʻplamini nashr ettiradi. Kitob Rossiyada koʻplab tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻladi va 1998-yilda „Banner“ jurnali tomonidan taqdim etiladigan mukofotga ega boʻladi. Shuningdek, 1997-yilda Abdullayev ikki xalq oʻrtasidagi madaniy munosabatlarga bagʻishlangan „Kto govorit“ deb namlangan rus-fin antologiyasini ham chop ettiradi. Keyinchalik kitob Y. Mullinen tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinadi. Ushu toʻplam ham Abdullayevga katta shuhrat olib keladi va u yana bir bor 1998-yilda Rossiyaning „Banner“ jurnali mukofotiga sazovor boʻladi[10].

Xalqaro hamkorlik tahrir

2012-yilda Abdullayev Fanny Rubio va Rainer Rilke kabi taniqli yozuvchilar bilan birgalikda „Two Lines 19: Passageways“ („Ikki qator 19: Oʻtish yoʻllari“) sheʼriy toʻplamini nashr ettiradi. Tarjima sanʼati markazi tomonidan chop etilgan ushbu toʻplamda Abdullayevning jahonga mashhur mualliflar tajribalari bilan oʻrtoqlashuvchi turli sheʼrlari keltirilgan[11].

2015-yilda Abdullayev Pensilvaniya universitetida boʻlib oʻtgan „Your Language My Ear“ („Sening tilim mening qulogʻim“) xalqaro sheʼriyat simpoziumida ingliz tiliga tarjima qilingan rus sheʼryati namunalari bilan qatnashadi. Abdullayev simpoziumda Polina Barskova, Keti Chukhrov, Alexandra Petrova, Aleksandr Skidan va boshqa bir qator jahonga mashhur tarjimonlar bilan bir qatorda ishtirok etadi. Uning ushbu tadbir davomida tarjima qilingan bir qancha sheʼrlari keyinchalik ingliz tilidagi jurnallarda ham nashr etiladi[12][13].

2017-yil aprel oyida Abdullayev „Words Without Borders“ („Chegara bilmas so‘zlar“) internet-jurnali bilan hamkorlikda Aleks Cigale va Dana Golin tomonidan tarjima qilingan uchta yangi sheʼrlarini chop ettiradi[14].

Fargʻona maktabi tahrir

Shamshod Abdullaev ona vatanida Fargʻona sheʼriyat maktabining asoschisi va eng koʻzga koʻringan shoirlaridan hisoblanadi. U 1990-yilda o‘zbek shoirlari Hamid Ismoilov va Hamdam Zokirovlar bilan birgalikda ushbu maktabga asos solgan[15].

Abdullayev Fargʻona maktabida deyarli rus tilida yaratilgan ijod namunalarinigina nashr ettirar edi. Uning taʼkidlashicha, bundan maqsad postsovet xalqlari oʻrtasidagi madaniyatlararo munosabatlarni shu yoʻl bilan yanada mustahkamlash boʻlgan.

Kitoblari tahrir

  • Okraina: (Stixi). — Tashkent, 1987. (V sostave sbornika: Vstrecha: Stixi molodix poetov. — Tashkent: Yosh gvardiya, 1987. — 93 s.)
  • Promejutok: (Stixi) / Predislovie V. Kondrateva. — SPb.: Mitin jurnal; Severo-Zapad, 1992. — 36 s.
  • Medlennoe leto: (Stixi, esse). — SPb.: Mitin jurnal; Rivera, 1997. — 46 s.
  • Dvoynoy polden: Rasskazi, esse. — SPb.: Borey-Art, 2000. — 250 s.
  • Nepodvijnaya poverxnost: (Stixi) / Predislovie A. Skidana. — M.: Novoe literaturnoe obozrenie, 2003. — 144 s. — (Poeziya russkoy diaspori).
  • Pripominayuщeesya mesto: (Proza). — M.: Knijnoe obozrenie (ARGO-RISK), 2012. — 152 s. — („Malaya proza“, vip. 8).
  • Priblijenie okrain: Stixi. Esse / Predislovie A. Ulanova. — M.: Novoe literaturnoe obozrenie, 2013. — 160 s. — (Novaya poeziya).
  • Pered mestnostyu: (Stixi). — M.: Knijnoe obozrenie (ARGO-RISK), 2017. — 108 s. — (Vozdux).
  • Drugoy yug: (Proza). — M.: Nosorog, 2020. — 240 s.

Mukofot va unvonlari tahrir

  • Andrei Bely mukofoti (sheʼriyat yoʻnalishida, 1993).;
  • „Bayroq“ jurnali mukofoti (esse yoʻnalishida, 1998);
  • Sheʼriyat yoʻnalishida Rossiya mukofoti (2006);
  • Sheʼriyat yoʻnalishida Rossiya mukofoti (2013);
  • Jozeph Brodskiy jamgʻarmasi stipendiyasi sovrindori (2015).

Manbalar tahrir

  1. „Shamshad Abdullaev“. Qaraldi: 2017-yil 15-noyabr.
  2. „People | Shamshad Abdullaev | The Heyman Center for the Humanities at Columbia University“. heymancenter.org. Qaraldi: 2020-yil 4-fevral.
  3. Flynn, Moya; Kosmarskaya, Natalya; Sabirova, Guzel (November 2014). "The Place of Memory in Understanding Urban Change in Central Asia: The Cities of Bishkek and Ferghana". Europe-Asia Studies 66 (9): 1501–1524. doi:10.1080/09668136.2014.957926. 
  4. „Shamshad Abdullaev, photo, biography“. persona.rin.ru. Qaraldi: 2020-yil 4-fevral.
  5. „Шамшад Абдуллаев“. library.ferghana.ru. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
  6. Platt, Kevin M. F. (2018-09-25). "The World's Central Asian Heart: The Poetry of Shamshad Abdullaev" (en). Common Knowledge 24 (3): 461–463. doi:10.1215/0961754X-6940478. ISSN 1538-4578. https://muse.jhu.edu/article/704478. 
  7. „Shamshad Abdullaev, photo, biography“. persona.rin.ru. Qaraldi: 2020-yil 4-fevral.
  8. Platt, Kevin M. F. (2018-09-25). "The World's Central Asian Heart: The Poetry of Shamshad Abdullaev" (en). Common Knowledge 24 (3): 461–463. doi:10.1215/0961754X-6940478. ISSN 1538-4578. https://muse.jhu.edu/article/704478. 
  9. „Шамшад Абдуллаев“. library.ferghana.ru. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
  10. „Шамшад Абдуллаев“. library.ferghana.ru. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
  11. „Two Lines 19: Passageways“ (en-US). Center for the Art of Translation | Two Lines Press. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
  12. „Participant Bios 2015 – Your language my ear // Твой язык моё ухо“. web.sas.upenn.edu. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
  13. „Publications – Your language my ear // Твой язык моё ухо“. web.sas.upenn.edu. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
  14. Abdullaev. „Three Poems“. Words Without Borders. Qaraldi: 2020-yil 4-fevral.
  15. Korchagin, Kirill (2017-10-02). ""When We Replace Our World …"". Russian Studies in Literature 53 (3–4): 205–232. doi:10.1080/10611975.2017.1416533. ISSN 1061-1975. https://doi.org/10.1080/10611975.2017.1416533. 

Havolalar tahrir