Sharqiy qirgʻoq
oʻzbek shoiri Erkin Vohidov yozgan sheʼrlar toʻplami
„Sharqiy qirgʻoq“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Toʻplamga muallif Kanada, Hindiston va Vengriyaga qilgan sayohatlari davomida yozgan sheʼrlar hamda „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan. „Sharqiy qirgʻoq“ toʻplami uchun Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan[1][2].
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar va doston |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1980 |
Asar ilk bor 1980-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. 1981-yil „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. 2014-yil „Yangi asr avlodi“ nashriyotida „oʻz holida“ qayta nashr qilingan. Toʻplam sheʼrlari „Tirik sayyoralar“ (1978) toʻplamidagi sheʼrlar bilan bir qatorda „Zamin sayyorasi“ (2014) sheʼriy toʻplamiga kiritilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Адабиёт, санъат ва архитектура соҳасида Ҳамза номидаги Ўзбекистон ССР давлат мукофотларини бериш тўғрисида“. Sovet Oʻzbekistoni (1983-yil 28-oktyabr), s. 2.
- ↑ Бондаренко Н.А., Новопрудский В.Д., Ходжаев Я.Д.. Писатели Советского Узбекистана (rus tilida). Toshkent: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1984 — 368-bet.