Tirik sayyoralar
oʻzbek shoiri Erkin Vohidov yozgan sheʼrlar toʻplami
„Tirik sayyoralar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 1978-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida 60 ming nuxsada chop etilgan. Vohidov toʻplamga kiritilgan sheʼrlarning ayrimlarini xorijiy mamlakatlarga qilgan sayohatlaridan ilhomlanib yozgan[1].
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1978 |
„Tirik sayyoralar“ toʻplami 1983-yil qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan[2]. Toʻplamga kiritilgan sheʼrlar „Sharqiy qirgʻoq“ (1980) toʻplamidan oʻrin olgan sheʼrlar bilan bir qatorda 2014-yil chop etilgan „Zamin sayyorasi“ sheʼriy toʻplamiga kiritilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Erkin Vohidov“. Mustaqillik. Qaraldi: 1-may 2024-yil.
- ↑ „Tirik sayyoralar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.