Shati al-Qurm
Shati al-Qurum – Ummon Sultonligi poytaxti Maskat shahri qirgʻogʻida joylashgan eng qimmat turar-joy hududi[1]. Shaharchada koʻplab elchixonalar joylashganligi sababli ham Maskatning diplomatik okrugi sifatida tanilgan.
Shati Al-Qurum | |
---|---|
Shaharcha | |
23°37′1″N 58°28′1″E / 23.61694°N 58.46694°E | |
Mamlakat | Ummon |
Gubernatorlik | Maskat |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
|
Shati al-Qurum sharqda Qurum, gʻarbda vazirliklar va elchixonalar, janubda Madinat Qobus hududlari bilan chegaradosh. Avvallari shaharda Sulton Qobus shossesi boʻylab eng koʻzga tashlanadigan joy Intercontinental mehmonxonasi boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib hududda yana bir qancha muhim inshootlar qurilgan. Shaharda bir qancha mehmonxonalar, jumladan, Grand Hyatt, W Hotel Muscat, Crowne Plaza va Days Inn kabi arzon mehmonxonalar, shuningdek, Maskat qirollik opera teatri, kinoteatr, teatr, bir qancha maktablar va shifoxona mavjud.
Manbalar
tahrir- ↑ „Location: Shatti Al Qurm (27)“. Oman Real Estate. Taif Properties. 2017-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-may.