Shawn Peter Raul Mendes (inglizcha/ˈmɛndɛz/; 1998-yil 8-avgustda tugʻilgan) — kanadalik qoʻshiqchi va bastakor. U 2013-yilda Vine video platformasiga qoʻshiqlarini joylashtirib, oʻz muxlislariga ega boʻgan. Keyingi yili uning qoʻshiqlari menejerlar Endryu Gertler va Island Records A&R Ziggy Charetonning eʼtiborini tortdi va ushbu voqea shartnoma imzolanishiga olib keldi. Mendesning shaxsiy debyut Shawn Mendes EP albomi 2014-yilda, soʻng 2015-yilda Handwritten debyut studiyaviy albomi chiqdi. Handwritten albomi AQShning Billboard 200 reytingida birinchi oʻrinni egalladi va Mendesni 18 yoshga toʻlmasdan birinchi oʻrinni olgan beshta musiqachidan biriga aylantirdi. "Stitches" musiqasi Buyuk Britaniyada birinchi oʻringa, AQSh va Kanadada esa eng yaxshi 10 talikka kirishga erishdi.

Shawn Mendes

Shawn Mendes
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Shawn Peter Raul Mendes
8-avgust 1998-yil (1998-08-08) (25 yosh)
Pickering, Ontario, Kanada
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
Kasbi
Leybl
  • Pop
  • pop rock
  • pop folk
Janr folk-pop, pop musiqa va Pop rock
Hamkorligi
Faoliyat yillari 2013 – hozirgacha
Veb-sayt shawnmendesofficial.com

Uning ikkinchi studiyaviy albomi Illuminate (2016) ham AQShda birinchi oʻrinni egalladi, uning "Treat You Better" va "Thereʼs Nothing Holding Me Back" musiqalari bir qancha mamlakatlarda top 10 talikka kirgan. Uning uchinchi studiyaviy albomi (2018) "In My Blood" bosh singli bilan nomlandi. Albomning AQShdagi birinchi raqamli debyuti Mendesni uchta birinchi albomga erishgan uchinchi eng yosh musiqachiga aylantirdi. 2019-yilda u "If I Canʼt Have You" va "Señorita" xit musiqalarini Camila Cabello bilan duet ijro etgan holda chiqardi, ikkinchisi esa AQShning Billboard Hot 100 reytingida eng yuqori pogʻonani egalladi. Uning toʻrtinchi studiyaviy albomi Wonder (2020) Mendesni Billboard 200 roʻyxatida toʻrtta studiya albomi bilan birinchi oʻrinni egallagan eng yosh erkak qoʻshiqchiga aylantirdi.[1]

Mendes oʻzining yutuqlari orasida 13 ta SOCAN mukofoti, 10 ta MTV Europe Music Awards, sakkizta Juno mukofoti, sakkizta iHeartRadio MMVA, ikkita American Music Awards mukofotini qoʻlga kiritdi va Grammy mukofotiga uchta nominatsiya va Brit mukofotiga bitta nominatsiyani qoʻlga kiritdi. 2018-yilda Time jurnali Mendesni yillik roʻyxatida dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb eʼtirof etdi.

Hayoti tahrir

 

Shawn Mendes Ontario shtatining Pikering shahrida koʻchmas mulk agenti Karen Mendes va Torontoda bar va restoran jihozlarini sotuvchi biznesmen Manuel Mendes oilasida tugʻilib oʻsgan. Uning otasi Portugaliyaning Algarve shahridan, onasi esa Angliyadan. Uning Aaliyah ismli singlisi bor. U dindor oilada tarbiyalangan. U yoshligida Pickering klubi yoshlar jamoasida futbol oʻynagan.[2]

Mendes Pine Ridge oʻrta maktabini 2016-yil iyun oyida tugatgan,[3] u yerda xokkey va futbol oʻynagan, oʻrta maktabdagi Glee klubiga qoʻshilgan va aktyorlik darslarida ishtirok etgan. U, shuningdek, Torontodagi Disney Channel uchun kastingdan oʻtgan.

Karyera tahrir

Mendes gitara chalishni 2012-yilda 14 yoshida YouTubedagi oʻquv videolarini tomosha qilib oʻrgangan. Bir yildan kamroq vaqt oʻtgach, u YouTubega videolarini joylashtira boshladi. Mendes 2013-yilda Vine sotsial video ilovasida Justin Bieberning "As long as you love me" nomli musiqasini joylashtirganidan soʻng tomoshabinlarni oʻziga jalb qila boshladi va ertasi kuni 10 000 "layk" va shuncha obunachiga ega boʻldi. Shundan soʻng u bir necha oy ichida millionlab koʻrishlar va obunachilarga ega boʻlib, koʻplab mashhur qoʻshiqlarning olti soniyalik parchalari bilan mashhur boʻldi. 2014-yil avgustiga kelib, u Vine platformasida eng koʻp kuzatuvchilari boʻlgan uchinchi musiqachi aylandi. Menejer Endryu Gertler Mendesni 2013-yil noyabr oyida kashf etdi va uni 2014-yil yanvar oyida "Island Records"ga taflif etdi. Aprel oyida u A Great Big World guruhining "Say Something" qoʻshigʻi bilan Ryan Seacrestning „Eng yaxshi qoʻshiq“ tanlovida gʻolib boʻldi. 2014-yil may oyida u "Island Records" bilan rasman shartnoma imzoladi.

Handwritten albomi tahrir

 

2015-yil 14-aprelda Mendes oʻzining Handwritten albomini chiqardi, u Billboard 200 chartida 119 000 ta ekvivalent albom birliklari bilan birinchi oʻrinni egalladi, ushbu albom birinchi haftasida 106 000 nusxada sotilgan va platina sertifikatiga ega boʻlgan.[4] Albomdagi uchinchi musiqa "Stitches" AQSH Billboard Hot 100 roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi va uning AQSHdagi birinchi top 10 ta musiqaning biriga aylandi va Adult Pop Songs roʻyxatida esa birinchi raqamli pop musiqa boʻldi. Keyinchalik qoʻshiq Buyuk Britaniyada birinchi oʻringa chiqdi.[5]

Illuminate albomi tahrir

Mendes 2016-yil iyun oyida oʻzining ikkinchi studiyaviy albomidagi asosiy musiqa "Treat You Better"ni chiqardi. AQSHda musiqa Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi 10 talikka kirdi, ushbu musiqa Adult Pop Songs roʻyxatida eng yuqori choʻqqiga chiqqan ikkinchi musiqa boʻldi va uch karra platinum sazovor boʻldi. Shuningdek, u Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi 10 talikka kirdi. Illuminate albomi 2016-yil 23-sentyabrda chiqarilgan va 145 000 ekvivalent albom birliklari bilan AQSH Billboard 200 roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan, shu jumladan 121 000 sof albom sotuvi va platinum sertifikatiga ega boʻlgan.[6]

Shawn Mendes albomi tahrir

 
"In My Blood"

2018-yil 22-martda Mendes oʻzining uchinchi studiyaviy albomidan "In My Blood" bosh musiqasini chiqardi. Uning Shawn Mendes deb nom olgan studiya albomi 2018-yil 25-mayda ijobiy mulohazalarga sabab boʻldi, ayniqsa uning qoʻshiq yozishi va badiiy oʻsishi maqtovga sazovor boʻldi. U Kanadada birinchi marta debyut qildi va bu oʻz vatanidagi uchinchi raqamli albomga aylandi. U AQSH Billboard 200 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi va Mendes uchta birinchi raqamli albom toʻplagan uchinchi eng yosh musiqachiga aylandi.[7] 19-iyulda u Dan Griffithning "If I Canʼt Have You" remiksini chiqardi. 2019-yil 21-iyun kuni u kubalik qoʻshiqchi Camila Cabello bilan birga "Señorita" qoʻshigʻini klip bilan birga chiqardi.[8] Qoʻshiq AQShning Billboard Hot 100 roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi va 2015-yilda chiqarilgan "I Know What You Did Last Summer" qoʻshigʻi Mendes va Cabelloning ikkinchi hamkorligi hisoblanadi.

Wonder albomi tahrir

2020-yil 30-sentyabrda Mendes oʻzining toʻrtinchi studiyaviy albomi "Wonder" 4-dekabrda chiqishini eʼlon qildi hamda albomning "Wonder" deb nomlangan asosiy musiqasini 2-oktyabrda chiqishini eʼlon qildi.[9] Reklama videolari orqali albomning birinchi qoʻshigʻiga „Intro“ ham chiqarildi. "Wonder" musiqasi debyut qildi va AQShning Billboard Hot 100 roʻyxatida 18-oʻrinni egalladi.[10]

Yutuqlar va Brand tahrir

 

Mendes bir nechta nominatsiya va mukofotlarga sazovor boʻlgan. U Kanada bastakorlar, mualliflar va musiqa nashriyotlari jamiyatining (SOCAN) 18 ta mukofoti, oʻn ikkita Juno mukofoti, oʻn bitta MTV Europe Music Awards (EMA), sakkizta iHeartRadio Much Music Video Awards (MMVA), beshta BMI Awards mukofoti, uchta American Music Awards mukofoti, ikkita MTV Video Music Awards mukofoti va uchta Grammy mukofotiga va bitta Brit mukofotiga nomzod boʻlgan.

2018-yil 6-iyun kuni Mendes Emporio Armani ning butun „Kuzgi qish 2018-2019“ soatlar kolleksiyasining elchisi sifatida eʼlon qilindi. 2018-yil iyul oyida ijtimoiy tarmoqlarda Mendesning yangi EA Connected smartwatchlarini kiygan suratlari chop etildi.

2019-yil 16-fevralda Mendes Calvin Kleinning #MyCalvins kompaniyasining soʻnggi brend elchisi ekanligini eʼlon qildi. 61 yillik Grammy mukofoti chogʻida SmileDirectClub kompaniyasi va Mendes oʻrtasidagi kompaniyani namoyish etuvchi reklama eʼlon qilindi, undan tushgan mablagʻning bir qismi "bolalar sogʻligʻini, shuningdek, ruhiy va hissiy farovonlikni yaxshilashga intilayotgan tashkilotlarga" yoʻnaltirildi.[11]

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir