Shayx Yusufxontoʻra Shokirov

(1926-yil— To'qmoq, 2000-yil — Toshkent) — diniy ulamo, tarjimon va murabbiy
(Shayx Yusufxonto'ra Shokirovdan yoʻnaltirildi)

Shayx Yusufxontoʻra Shokirov (1926-yil— To'qmoq, 2000-yil — Toshkent) — diniy ulamo, tarjimon va murabbiy.

Shayx Yusufxonto'ra Shokirov
Tavalludi 1926-yil
To'qmoq, Qirg'iziston
Vafoti 2000-yil
Toshkent
Fuqaroligi O'ZSSR - O'zbekiston
Taʼlimi Mir Arab madrasasi, Al-Azhar universiteti
Kasbi diniy ulamo, tarjimon va murabbiy

Tarjimai holi

tahrir

Shayx Yusufxontoʻra Shokirov 1926-yilda Qirgʻizistonning Toʻqmoq shahrida dindor, ziyoli oilada tavallud topgan. Uning yigitlik davri II jahon urushi yillarida kechgan.  Unga otasi Olimxontoʻra dastlabki diniy saboqni beradi. Oila oʻchogʻida olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida 1948-yili Mir Arab madrasasiga oʻqishga kiradi. Madrasa taʼlimining uchinchi yilida otasi Olimxontoʻra muborak haj safariga boradi. 1955-yilda  markazning ijozati bilan Mir Arab madrasasi bitiruvchisi Yusufxontoʻra Shokirov Al-Azhar universitetiga oʻqishga yuboriladi. 1961-yili ushbu universitetning arab tili va adabiyoti fakultetini aʼlo baholarga tugallab, vataniga qaytadi[1].

Faoliyati

tahrir

U mehnat faoliyatini Oʻrta Osiyo va Qozogiston musulmonlari diniy idorasining xalqaro boʻlimi mudiri vazifasida boshlaydi.

Yusufxontoʻra bilimlarini yanada mustahkamlash niyatida 1962-1967-yillarda ToshDUning (hozirgi OʻzMU) sharq filologiyasi fakultetining kechki boʻlimida tahsil oladi. Keyin O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida „Al-Azhar universiteti — ming yillik tarixga ega boʻlgan arab filologiyasi markazi“ mavzusidagi dissertatsiya ishi ustida ishlaydi. 1975-ili Moskvada nomzodlik ishini himoya qilishga muvaffaq boʻladi.

Shayx Yusufxontura 1975-1997-yillarda diniy nazoratida rais oʻrinbosari vazifasida, 1997-yildan umrining oxirigacha esa bosh maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan. Shu yillar mobaynida u Osiyo va Afrika mamlakatlari hamkorligi tashkiloti va Tinchlik komiteti aʼzosi sifatida koʻplab xorijiy mamlakatlarda xizmat safarida boʻlib, diniy va dunyoviy tashkilotlar bilan xalqaro doʻstlik aloqalarini tiklashda oʻz hissasini qoʻshgan yirik diniy arbobdir. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarga qilgan safarlarida „Islom tinchlik va hamkorlik dinidir“, „Islom — tinchlik elchisi“ kabi mavzularda sermazmun maʼruzalari bilan qatnashgan.

Diniy idorada mas’ul vazifalarni bajarish barobarida Shayx Yusufxontura Mir Arab madrasasi va TIIda arab adabiyoti, tafsir, hadis va balogʻat fanlaridan dars bergan. 1991-1992-yillarda tabdil qilingan „Qissasi Rabgʻuziy“ kitobidagi oyat va hadislarni tarjima qilgan, 4 jildlik „Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugati“ning 1-jildida „Xazoyin ul-maoniy“ asarining „B“ harfidan boshlab lugʻatini tuzgan.[2]

Vafoti

tahrir

Shayx Yusufxontoʻra Shokirov 2000-yilning 28-sentyabrida Toshkent shahrida vafot etgan. Toshkentdagi Minor qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar

tahrir
  1. o'zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari., Toshkent viloyati va Toshkent shahri. Uchinchi kitob.. Toshkent, “Тuron Zamin-Ziyo”., 2015 y. — 356-bet. ISBN ISBN 978-9943-335-74-5. 
  2. «O'zbekiston ulamolari» (Bichimi: 70х101 1/16 Muqovasi: Qattiq...) Mаs'ul muharrirlar: Usmonxon Alimov va Baxtiyor Bobojonov: , «Movarounnahr», 2015 y — 496-bet. ISBN 978-9943-12-324-3.