ToʻqmoqQirgʻizistondagi shahar (1927-yildan). Chu vodiysining sharqiy qismida, Chu daryosining chap sohilida. Aholisi 71,7 ming kishi (1990-yillar oxirlari).

Toʻqmoq 19-asr boshlarida Qoʻqon xonligi hududida qalʼa sifatida vujudga kelgan. Aholisi hunarmandchilik va savdosotiq bilan shugʻullangan. 1938-yilda Toʻqmoq shahrigacha temir yo'l oʻtkazilgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish. boʻyicha (Bishkekdan keyin) 2oʻrinda turadi. Toʻqmoqda konserva, shakarqand, sut, shisha, avtomobil taʼmirlash, tosh kesish temirbeton buyumlari zavodlari, "Goldstar" radiozavodi, goʻsht kombinati, karton, jun, kigiz bosish, junga dastlabki ishlov berish fabrikalari, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish texnikumi, tibbiyot va madaniymaʼrifiy bilim yurtlari bor. Shahardan 15 km janubida minorali oʻrta asr Burana xarobalari (11-asr boshlari) joylashgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Toʻqmoq" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil