Shayx Zayniddin bobo maqbarasi
Shayx Zayniddin bobo maqbarasi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (13—14-asrlar). Rivoyatlarga koʻra, maqbara Amir Temur davrida Shayx Zayniddin (13-asr)ga atab barpo qilingan (qarang Zayniddinbobo). Shahar hududida, qabriston oʻrtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoqgumbazli, choʻzinchoq maqbaraxonaqoxlar turiga mansub. Atrofida boshqa turli binolar — tobutxona, chillaxona (12— 13-asrlar), oshxona, ayvonli masjid, chortoq va boshqa bor. Old koʻrinishi jan.sharqqa qaratilgan, koʻchadan unga qoʻshimcha binolarni birlashtiruvchi xiyobon orqali kiriladi. Toʻrtburchak tarxli (16×18 m), bal. 20,7 m, hamma tomonlari peshtokli. Makbara markazida Shayx Zayniddin sagʻanasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari bor. Maqbaraning jan.gʻarbiy peshtogʻidagi yozuvga koʻra, hijriy 1339-yilda (mil. 1920— 21) taʼmirlanib, maqbaraning eski gʻishtlari yangi gʻishtlar (26×12×6 sm) bilan almashtirilib, gumbazi kvadrat (24×24×5 sm) gʻishtdan terilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |