Sheʼrlar (Vohidov asari)

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼrlar toʻplami

„Sheʼrlar“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2016-yil Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida kirill yozuvida chop etilgan. Sheʼriy toʻplam elektron kitob oʻlaroq ham sotuvga chiqarilgan.

Sheʼrlar
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2016
Sahifalar soni 48
ISBN ISBN 978-9943-06-603-8

„Sheʼrlar“ toʻplamnini „Shoir kutubxonasi“ turkumi uchun Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Mirpoʻlat Mirzo tuzgan. Toʻplam boshida Vohidovning qisqa biografiyasi keltirilgan.

Toʻplam juda kichik boʻlib, unga Vohidov yozgan 31 sheʼr, jumladan, „Sevgi“, „Bit tomchi yosh“, „Tong lavhasi“, „Kamtarlik haqida“, „Shoir umri“, „Yoʻq, halovat istamayman..“, „Oy fonusin koʻtardi oqshom“, „Toʻy oqshomida“, „Uchi tuguk dastroʻmol“, „Oʻzbegim“, „Arslon oʻrgatuvchi“, „Tandir kiygan matmusa“, „Bizlar arra tortmoqdamiz“, „Qalb shunday ummonki“, „Devona haqgoʻy“ va „Yosh shoirga“ sheʼrlari kiritilgan.

Havolalar tahrir