Shaki
Shaki (ozarbayjoncha: Şəki) — Ozarbayjondagi shahar, Shaki tumanining maʼmuriy markazi. 1963-yil 4-yanvaridan respublika tarkibiga kiritilgan. 1968-yilning 15-fevraliga qadar „Nuxa“ deb nomlangan. Shaki tumanining maʼmuriy markazi. Sovet davrida respublikaga boʻysungan boʻlib, shahar maqomida boʻlgan. Hozirgi kunda Shaki tumani tarkibida boʻlsa-da, toʻgʻridan-toʻgʻri respublikaga boʻysunadi. Ammo Shaki shahri ijro hokimiyati rahbarining vakolatlari ham Shaki tumaniga tegishlidir.
Shaki Şəki | |
---|---|
shahar | |
41°11′0″N 47°09′0″E / 41.18333°N 47.15000°E | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Hukumat | |
• hokim | Elxan Usubov |
Avvalgi nomlari | Nuxa |
Maydon | 243[1] km2 (94 kv mi) |
Aholisi (2017) |
184 172[1] |
Telefon kodi | +994 24 |
Pochta indeks(lar)i | AZ5500 |
Avtomobil kodi | 55 |
Shaki shahri respublikanıng shimoliy-gʻarbida, Kish daryosining chap sohilida, dengiz sathidan 700 metr balandlikda, poytaxt Baku shahridan 370 km uzoqlikda, Buyuk Kavkaz togʻlari etaklarining janub tomonida, markaziy hududlardan uzoqroqdagi bir manzilda joylashgan. Shaharni qurshab olgan tabiat, purviqor togʻlar oʻz goʻzalligi bilan kishini oʻziga maftun etadi. Xon yaylovining tik yoʻllarida shimol tarafdan shaharga yaqinlashganimizda ikki ulkan — Chaqqaldor və Ottal jarliklariga duch kelamiz. Shaki shahri murakkab tuzilishga ega. Sharqdan Gʻarbga oquvchi Qurkanadaryosii shaharni ikki qismga, yuqorisi Janub, boshqa qismi esa vodiyda yastangan Shimoliy tarafga ajratgan.
2007-yilgi maʼlumotlarga qaraganda Shaki shahrida 62499 kishi istiqomat qiladi. Bu esa Shaki tumani bilan birgalikda butun aholining 37,33 %ini tashkil etadi. 2007-yil maʼlumotlarga asosan Shaki shahri aholisining 48,3 % ini erkaklar, 51,7 % ini esa ayollar tashkil etadi.[1][2]
Etimologiyası
tahrirShaki Ozarbayjonning eng qadimiy shaharlaridan biridir. Oʻrta asrlarga oid manbalarda shahar Shaki, Sheka, Shakki va boshqa nomlar bilan atalib kelgan. 18- asrning oʻrtalarıda Shaki shahri yaqinidagi Nuxa shahri Shaki xonligining markazi boʻlgandan keyin qoʻhna Shaki shahri tarix sahnasidan chiqib ketdi. Ptolomey Alban shaharlari ichida „Niqa“ nomli yashash manzilgohi boʻlganligini qayd etgan. Abbosqulu Bakıxanovning yozishiga koʻra Nuxa shahri tuzilishiga koʻra hozirgi Naxiya va Najiya shahriga toʻgʻri keladi. U qadimda Shirvon şhaharlaridan boʻlgan. A. Y. Krimskiy Niqanın keyingi Nuxa boʻlishi mumkinligini aytadi. Lekin XIX asrning boshlarida hozirgi mulohazalarga qarshi chiquvchilari bor edi. Akademik V. Dorn, Niqa İberiya va Alazan oʻrtasida boʻlgan joyda loylashgan, uni Nuxa bilan adashtirmaslik lozim degan fikrni bildiradi. „Nuxa“ soʻzini antik davrga tegishli boʻlgan Niqa maskani bilan bogʻliqligi hamon bahsli masalalardan biri boʻlib kelmoqda. Mulohazalarga koʻra, „Shaki“ nomi eramızdan avvalgi VII asrda Qora dengizning shimoliy sohillaridan Darband chorrahasi vositasida Janubiy Kavkazga, undan Kichik Osiyoga kirib kelgan sak qabilasining nomi bilan bogʻliq. Ular Janubiy Kavkazda eng yaxshi, unumdor tuproqqa ega boʻlgan bu yerlarga Sakasena nomini bergan. Saklar qabilasining maskanlaridan birining nomi Shaki boʻlgan.[3][4]
Geografiyasi
tahrirShaharning hozirgi koʻrinishiga uning geografik joylashuvi ham muhim ahamiyat kasb etgan. Qolaversa bu shaharning qurilishiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmagan. Shaharning oʻng va chap qismlari oʻrtasidagi masofa 450 m tashkil etadi. 18-asrda qurilgan shahar 19-asrning oʻrtalariga qadar oʻz koʻrinishini saqlagan, strukturasiga hech bir narsa daxl etmagan. Shaki yashillikka burkangan uylar bilan oʻralgan. Aslida Shaki tabiatning bir qismi boʻlib, bu shaharnin arxitekturasi bilan uygʻunlashib ketgan. Bu baland togʻ bilan oʻralgan, oʻziga xos tabiiy tuzilishga ega. Bundan tashqari har bir uyda bogʻ boʻlib u temir devor bilan oʻralgan. Shaki koʻchalari uylarning tuzilishi bilan uygʻunlik kasb etgan. Uylar reja asosida qurilgan boʻlib, ularni devor va toʻsiqlar ajratib turadi. Aholisi qadimiy anʼanalarini saqlab qolgan. Bu yerda oʻrta asrlarda savdo-sotiq ishlari taraqqiy etgan. Oʻsha davrdan qolgan mahalla va koʻchalar nomlari aslicha saqlanib qolgan. Aholining joylashishi va yashash sharoyitiga taʼsir koʻrsatgan eng muhim omillardan biri uning tabiiy geografik oʻrni bilan bogʻliqligini taʼkidlamoq lozim. Koʻchalarning yoʻnalishi Buyuk Kavkaz togʻlariga nisbatan qurilgan. Koʻchalarning shimoliy qismi yuqoriga tomonga parallel tarzda yoʻnalgan. Tumanning markazi va koʻchaning asosiy qismi shakllanishida Gursandaryo va Deyirman daryolarining yoʻnalishi nazarda tutilgan. Shahar tuzilishi, xususiyatlariga oid boshqa maʼlumotlarni 1862-yilda amalga oshirilgan rejasidan bilib olish mumkin. Bu rejaga asosan Shaki quyidagi kvartal va mahallalarga boʻlingan: Chaqqal vodiysi, Gilali, Temirchii buloğı, Genseli, Sarıq tuproq, Otaq ostonasi, Ağvonlar, Duluzlar, Dodu, Boğbonlar, Sarkorlar, Taboqxona, Toza kent, Koʻhna kent.[5]
Shaharning relefida sunʼiy sugʻorish kanallari ham alohida oʻrin tutadi. İchimlik suvi daryolardan olinadi. Shakini ichimlik suvi bilan Kish daryosi va Xınsalı-Baxlınskiy havzalari taʼminlaydi. Tepalikdan qaraganda Shaki oʻziga xos tuzilishga egaligi, tabiiy geografik oʻrni bilan ajib bir manzara kasb etadi. Shaharga togʻ manzarasii yanada joziba baxsh etadi.[6]
Tarixi
tahrirManbalarda keltirilishicha, hozirgi Shaki shahridan 10–15 km janubda boʻlgan koʻhna Shakini Sosoniylar hukmdori Qubad I (488—531) qurdirgan. Keyinchalik Shaki Kavkaz Albaniyasıning eng yirik shaharlaridan biriga aylangan. Sharqdagi birinchi ibodatxonalardan boʻlgan qadim Kish Alban ibodatxonasi Shaki shahri yaqinida joylashgan. Shaki arablar istilosi arafasida Kavkaz Albaniyasınıng 11 maʼmuriy viloyatidan biri edi. Arablar istilosi natijasida Shaki viloyati III amirlikning tarkibiga kiritilgan.. Xalifalik zaiflashgan davrda Shaki mustaqil knyazlikka aylantirilgan. XIV asrning I yarmida Hulakilar davlatining muvaffaqiyatsizligidan soʻng Shirvonshohlar davlati Shakida mustaqil davlatga asos soldi va Orlat sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. 1551-yilda shoh Tahmasib Shakining mustaqilligiga nuqta qoʻydi. Shaki Safaviylar davlatiga qoʻshib yuborildi.[3]
Shakining XVII asr meʼmorchiligi muayyan ahamiyat kasb etadi. Avliyo Chalabiyning bergan maʼlumotlariga koʻra, toshdan tiklangan goʻzal Shaki qal’asi tepalikda joylashgan. Qal’anıng „Shirvon“ va „Ganja“ deb nomlangan ikki darvozasi boʻlgan. Shaharda 3 ming uy, 7 masjid boʻlgan. Bu masjidlardan bozar maydonıda joylashgan Mirza Ali, yana qal’adakı ikki masjid koʻproq diqqatni jalb qiladi. Shaharning karvonsaroyları, hammomları va kichik bozorı boʻlgan. XVII asrdə Shaki shahrida 20 ming aholi yashagan degan taxminlar bor.[4]
1747-yilda tashkil etilgan Shaki xonlıgı Ozarbayjon xonlıkları ichida eng kuchlisi edi. 1805-yil Kurakdaryo shartnomasiga asosan Shaki xonlıgı Rossiyaning vassaliga aylandi. 1813-yil Guluston sulh shartnomasi bilan Eron Shaki xonligi maydoni Rossiya imperiyasıga qoʻshilganligini rasman tan oldi. 1819-yilda Shakida xon boshqaruvi bekor qilindi. Xonlık oʻrniga Shaki viloyati tashkil etildi. 1840-yilda Kaspiy viloyatining tarkibida Shaki qəzası tashkil etildi. Qəza 1846-yildan Shamaxı quberniyasınng tarkibiga kiritildi va Nuxa qəzası deb nomlandi.[5]
Ruslar Shaki xonlıgını 1819-yilda bekor qilganidan 5 yil oʻtib, yaʼni 1824-yilda, Shaki viloyatida ilk bor aholini roʻyxatga olish ishlari olib borildi. Uning natijalariga asosan (oʻsha vaqtda Qıshloq va Chopagʻon kentlari ham maʼmuriy jihatdan Nuxa shahrining tarkibida edi va bu kentlar bilan birgalikda) Nuxa shahrining aholisi 13 ming 351 kishini tashkil etgan.
Oʻsha vaqtda shahar maʼmuriy jihatdan mahallalarga boʻlingan.
1920-yilning 5-may sanasida Shakida sovet hukumati tuzildi. 1930-yilda Ozarbayjon SSRning maʼmuriy boʻlinishi natijasida Nuxa rayonu tashkil etildi. 1963-yil 4-yanvarda Nuxa rayoni bekor qilinib, uning maydonii Vartashen (hozirgi Oʻgʻuz) rayonuga berildi, respublikaga boʻysunuvchi Nuxa shahri tashkil etildi. 1965-yildan yangidan mustaqil Nuxa rayonu tashkil etildi. 1968-yildan u Shaki deb nomlana boshladi
2008-yil 8-dekabrıda Dunyonıng Tarixi Shaharlari Doʻstligi Jamiyati tashkiloti prezidenti, Yaponiyanıng Kyoto shahar hokimi Daisaku Kodokavadan kelgan tabrik maktubida Ozarbayjonning Shaki shahrini Dunyonıng Tarixi Shaharlari Doʻstligi Jamiyatiga aʼzo qilish haqida tashkilot Ijroiya Kengashining 2008-yil oktyabrıda qarori chiqqanligi qayd qilingan. 2012-yilda obodonlashtirish, qurilish ishlari sohasida qilinadigan ishlar belgilab olindi: Shaki shahar Ijro Hokimiyati va shahar Arxitektura va qurilish ishlari qoʻmitasi bilan birgalikda Shaki shahri Bosh rejasi ishlab chiqildi. Unga asosan bir qator infratuzilma loyihalari amalga oshirildi. Inchunun, shaharning gʻarbiy oʻng tomoni kengaytirildi, Oxud, İncha, Kish, Qoxmuq kentlari shahar tarkibiga kirishi nazarda tutildi.[6]
Madəniyat, taʼlim va sogʻlikni saqlash sohalari muassasalari
tahrirShakida Ozarbayjon Pedagogika İnstitutining Shaki filiali, Shaki Musiqa kolleji, 84 ta umumtaʼlim va kasbga yoʻnaltirilgan maktablar faoliyat koʻrsatadi.[7][8]
Moddiy-madaniy merosi
tahrirShaharning meʼmoriy obidalaridan Shaki xon saroyı, Shakixanovlarning uyi, Gilakli masjidinin minorasi, masjid, qal’a devorları, Dairavi ibodatxonasi (XVII-XIX), Zayzit (XI-XII), Kish alban ibodatxonalari, Shaki Karvonsaroyı muhafazaga olingan.
Qadimiy shaharning qurilish ishlari rejasining asosiy xususiyatlaridan biri shahar koʻchalarining umumiy konstruktsiyası Shaki arxitekturası bilan uygʻunlashtirilganligidir. Ozarbayjon shaharsozligining taraqqiyoti natijasida tiklangan koʻchalar Shakida oʻrta asr shaharsozligidan farqli ravishda qisqa muddatda va maʼlum bir reja asosida bunyod etilgan. Shakining Gurjandaryoga parallel boʻlgan asosiy va eng uzun koʻchasida shaharning eng muhim arxitektura obidalari joylashgan. Shakining har bir obidasi oʻziga xos arxitekturasiga ega. Bu yerdagi eng asosiy koʻcha Shaki koʻchasidir. Shuningdek hozirgi kunda Haydar Aliyev, M.A.Rasulzoda, Xoyskiy, Afqonlar, Arxustu, Ganjalilar, Bogʻbonlar, Sherbobolar, Mirza Fatali Axunzoda, Mehdi Huseyn singari koʻchalar nomlari bor.
Qurjanadaryo va Dayirman daryolari shaharni suv bilan taʼminlaydi. Ulardan ichimlik va sugʻorish maqsadida foydalaniladi. Bi daryolarning qoʻshilish joyidagi maydonda yangi markaz qurilgan. Shaki shahrining bu qismidagi eng muhim joylardan biri Qurjonadaryodir. Ikkinchi daryo Deyirman esa ikkinchi oʻrinda turadi. Shakining tabiiy goʻzalligi uning tarixiy obidalariga ham aks etgan. Bular Shakining oʻziga xos arxitekturasini tashkil etadi.
E.Chalabiyning xotiralarida Shaki haqida baʼzi maʼlumotlar keltirilgan. Uning soʻzlariga koʻra toshdan bunyod etilgan Shaki qal’ası tepalikda barpo etilgan. Qal’anın Shirvon va Ganja nomli ikki darvozasi boʻlgan. Bu yerda minglarcha uy, yetti masjid boʻlib, ular orasida Mirza Ali masjidi bozor koʻchasida joylashgan. Shuningdek shaharda bir necha karvonsaroy-mehmonxonası, hammomı va kichkina bozori boʻlgan. Bu maʼlumotlarga asosan qal’aning tashqarisida ipak ishlab chiqaruvchi muassasalar va ipakchilikka ixtisoslashtirilgan katta-katta bogʻlar mavjud boʻlgan. Shaharda Chalabiyning qayd etishiga koʻra 3000 xonadonda 20.000 ga yaqin aholi istiqomat qilgan.
Asosiy koʻchalar yerli sharoitdan kelib chiqib tor kichik-kichik koʻchalarga boʻlingan. Qurilish rejasiga koʻra aholiga daryo qulaylikar keltirishi va iqtisodiy jihatdan muhim strategik vazifani bajarishi lozim boʻlgan. Sanoat ob’ektlari tijoratchilar uchun qulay jabhalarda bunyod etilgan. Qayd etish lozımki, oʻrta asrlarda Shaki shahri maydoni jihatdan katta hududni egallagan. Shakining barpo etilishidagi muhim omillardan biri uning tabiiy sharoitidir. Buning birgina isboti uning suv resurslari bilan taʼmin etilishidir. Bu uni turli jabhalarda imkoniyatlarini oshiradi. Uning tabiiy sharoiti aholi uchun qulay sharoitlarni yaratib bergan. Shakining boshqa shaharlardan ajratib turadigan xususiyatlaridan biri uning toza va musaffo havosi, iqlimidir. Buni 19 asrda A.P.Ziisserman ham oʻz xotiralarida qayd etib oʻtgan. Uning xotiralariga koʻra goʻzal tabiyat manzarasiga ega boʻlgan Shaki kichik togʻ daryosining etagida joylashgan boʻlib, u yashillikka burkangan uylar, yongʻoq, tut daraxtlari serob bogʻlar bilan oʻralgan. Shahar koʻchalari doimo toza va ozoda boʻlib, bu ishlar uchun maxsus odamlar shugʻullangan. Umuman Shaki oʻzining jozibador tabiyati, tozaligi, havosi bilan kishilarni oʻziga jalb etadi. Oqshomlari bulbulning xonishlari unga yanada fusunkorlik baxsh etadi.[7][8]
Qal’a
tahrirQal’a shaharning tepalik qismida, shimoliy-sharqiy tarafida joylashgan boʻlib, Shaki xon saroyını oʻrab turadi. Qal’a nafaqat harbiy-strategik jihatdan, balki iqlimi jihatidan ham qulay yerda joylashgan. Qal’a devorlarınıng umumiy uzunlugu 1300 m boʻlib, shimoliy tomonidagi devor 4 m, janub tomonidagisi esa 8 m balandlikka ega. Qal’a devorlarining qalinligi 2.2 metrni tashkil etadi. Qal’anın janub va shimol tarafida ikki darvozası, muhofazasi uchun minoralari bor. Hozırda 1958—1963-yillarda vayron boʻlgan qismlari qayta tiklangan. 1853-yil 26-fevralda qayd etilgan rejaga asosan qal’anın tarkibidagi 40 ga yaqin tarixiy obidaning yangidan barpo etish koʻzda tutilgan. Tabiiyki, Shakii Rossiyanıng tarkibiga kirishidan taxminan 50 yil oldin uning avvalgi rejasiga bir qator tuzatishlar kiritilgan.Lekin qal’a avalgi koʻrinishini deyarli saqlab qolgan. Dastlab undan gornizon, keyinchalik yashash manzilgohi sifatida foydalanish nazarda tutilgan. Shunday xulosaga kelish mumkinki, baʼzi tuzatishlarga qaramasdan Shaki xon saroyi rejasida muhim oʻzgarishlar boʻlmagan. Shuningdek bu yerda, yaʼni qal’aning ichkarisida dushman hujumi paytida Qurjanadaryosining suvu toʻsilgan taqdirda zahira uchun maxsus quduq va xandaqlar boʻlgan. Kullasovskiyning qaydlariga koʻra, Shaki suv kamarlari oddiy strukturasi, qulayligi va arzonligi bilan diqqatni jalb qiladi. Suv sistemasi hozirgi talablarga asoslangan va keng diametrli sopol quvurlar vositasida harakat qilgan. Bu quvurlar ichkarisi qırmızı gʻishtdan barpo etilgan. Bu quvurlar orqali suv aholiga tarqatilgan. Shuningdek bu yerdan shaharning butun koʻcha va maydonlarini suv bilan taʼminlagan. Bu mexanizm har bir xonadonni suv bilan taʼminlab qolmasdan, uylarning qarshisida favvora boʻlishiga ham imkon bergan.[3][4][5][6]
Vaqtli matbuot
tahrirShaki shahrida „Shaki“ (avvalgi nomi „Shaki ishchisi“), „Shakining ovozi“, „İpakchi“, „Shaki kommunasi“, „Shaki Hududi“, „ Shaki taʼlimi“, „Shaffof biznes“ qazetalari nashr etiladi. Shuningdek sunʼiy yoʻldosh orqali dunyo telekanallari dasturlarini uzatuvchi ARB television kanali „ ARB Shaki „ Shaki shahrida faoliyat yuritadi.
Taniqli shaxslari
tahrir- Hoji Chalabiy xon — taniqli siyosatchi a isteʼdodli sarkarda, mustaqil Shaki xonligining asoschisi
- Huseyn xon Mushtoq — Shaki xoni, xon saroyini bunyod etgan
- Abdulgʻani Afandi Nuxavi Xolisaqorızoda — XIX asrning taniqli adabiyotshunosi, pedagogi va kitobshunosi
- Mirza Fatali Oxundov — taniqli Ozarbayjon yozuvchisi
- Fatali xon Xoyskiy — Ozarbayjon Demokratik Respublikasınıng Bosh vaziri, ADRning Ichki ishlar vaziri (28.05.1918 — 17.06.1918), ADRning Tashqi ishlar vaziri (26.12.1918 — 14.03.1919) (24.12.1919 — 01.04.1920)
- Muhammad Shakavi- Butun Kavkaz xalqlarining birinchi Shayxulislomi. Qur’oni Karimni ilk bor ozarbayjon turkchasiga tarjima etgan olim
- Salmon Mumtoz — taniqli ozarbayjon adabiyotshunos olimi
- Qosım bey Nabibeyov — harbiy-podpolkovnik
- Bahrom bey Nabibeyov — harbiy-polkovnik
- Huseyn bey Nabibeyov — harbiy-polkovnik
- Zohid bey Nabibeyov — harbiy -kapitan
- Vohid bey Nabibeyov — harbiy -kapitan
- Baxtiyor Vahobzoda — Ozarbayjon xalq shoiri
- Sobit Rahmon — Ozarbayjon yozuvchisi
- Shafiqa Oxundova — Sharqdagi ilk ayol opera bastakori
- Emin Sobitoʻgʻli — Ozarbayjon bastakori
- Yoqub Mahmudov — Tarixchi olim, akademik, 2000 −2005, 2005 — 2010, 2010 −2015-yillar — ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi chaqiriq Mılliy Majlis deputatı, AMEA Tarix İnstitutining direktori
- Javonshir Quliyev — Ozarbayjon bastakori
- Javdat Hojıyev — Ozarbayjon bastakori
- Shahid Abdulkarimov — Ozarbayjon bastakori
- Rasim Ojaqov- Kinorejissor
- Lutfali Abdullayev — Ozarbayjon xalq artisti
- İsmoyıl Usmonlı — Ozarbayjon xalq artisti
- Kunul Xasıyeva — qoʻshiqchi
- Fuad Abdurahmonov — taniqli haykaltarosh
- Jalil Husayinov — Akademik
- Jabroyıl Husayinov — Akademik
- Majid Rasulov — Akademik
- Haydar Afandiyev — Fan Doktori, Professor, Akademiyanıng Muxbir aʼzosi
- Zulfiqor Zulfiqorov — Fan Doktori, Professor, Akademiyanıng Muxbir aʼzosi
- Mahmud İsmoyılov — Fan Doktori, Professor, Akademiyanıng Muxbir aʼzosi
- Niyazi Samadov — Fan Doktori, Professor, Akademiyanıng Muxbir aʼzosi
- Qurbon Jalilov — Fan Doktori, Professor, Ozarbayjon MEA Akademiyasınıng haqiqiy aʼzosi
- Temircchizoda Abdulazal Mammad oʻgʻli — Tilchi olim, Fan Doktori, Professor, Akademiyanıng Muxbir aʼzosi
- Yusufzoda Ziyo Mammadiya oʻğli — General Mayor, Ozarbayjon Davlat Milliy Xavfsizlik Akademiyasınıng rektori
- Obid Sharifov — Ozarbayjon Respublikası Bosh Vazirining muovini
- Ahmadiyya Jabroyılov- İkkinchi Jahon urushining qahramonı. Fransiya Faxriy Legion Ordeni sohibi
- Mikayıl Jabroyılov- Ozarbayjonning Milliy Qahramonı,Qorabogʻ urushida shahid boʻlgan
- Elshod Yahyoyev — Ozarbayjonning Milliy Qahramonı,Qorabogʻ urushida shahid boʻlgan
- İbrohim Afandi (1881—1929) — Zamonaviy Turkiyaning mashhur Din va İjtimoiy xodimi Mehmed Zohid Kutkuning (1897—1980) otası
- Oydın Mammadov (filolog) — tilchi, turkolo, tanqidchi, siyosatchi, notiq
- Hikmat Hojızoda- Ozarbayjon Respublikası Bosh Vazirining muovini., siyosiy tadqiqotchı
- İsmoyıl bey Nakam — yozuvchi, shoir
- Rashid bey Afandiyev-maorifchi, dramaturg
- Fikrat Mammadov — Adliya vaziri
- Yashar Qorayev — Filologiya fanlari doktori, professor, AMEA muxbir aʼzosi
- Hojı Hakim — tibbiyot xodimi, Taun və Tif viruslari boʻyicha yetuk mutaxassis
- Anvar Mammadov (iqtisodchı) — davlat xodimi, Ozarbayjon SSR Xalq Bankınıng Raisi
Filmorafiyasi
tahrir- Ozarbayjonga sayohat (film, 1924)
- İpakchilik (film, 1928)
- Shaki (film, 1965)
- Shaki saroyı (film, 1965)
- Shaki hayvondorları (film, 1975)
- Shaki hayvondorları kompleksi (film, 1975)
- Shaki (film, 1977)
- Yashil moʻjiza (film, 1979)
- Jamoaviy birlik (film, 1981)
- Ozarbayjonga sayohat (film, 1988)
- Xon saroyı (film, 1993)
- Ham ziyorat, ham tijorat… (film, 1995)
- Tangrıga talpıngan Kish (film, 2001)
- Shaki teatrıda (film, 2006)
- Shaki kabi (film, 2011)
Birodarlashgan shaharlar
tahrirFotolar
tahrirXorijiy adabiyotlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 https://sites.google.com/site/Shakitarixi/Shaki[sayt ishlamaydi]
- ↑ http://Shaki-ih.gov.az/page/10.html[sayt ishlamaydi]
- ↑ 3,0 3,1 3,2 http://www.eylence.az/blogs/index.php/qeio/http_tourism_clan_su_load_tarix_ski_tari_0
- ↑ 4,0 4,1 4,2 http://Shaki-ih.gov.az/page/11.html[sayt ishlamaydi]
- ↑ 5,0 5,1 5,2 arxiv nusxasi, 2018-01-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-28
- ↑ 6,0 6,1 6,2 arxiv nusxasi, 2015-06-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-28
- ↑ 7,0 7,1 http://surakhani.cls.az/more/text/23036[sayt ishlamaydi]
- ↑ 8,0 8,1 http://www.musigi-dunya.az/new/read_magazine.asp?id=252