Sherali (Serali) Munaytpasovich Lapin (1868, Oqmachit – 1919, Samarqand) – „Shuroyi ulamo“ tashkiloti rahbarlaridan biri (19171918).

Toshkentdagi Turkiston oʻqituvchilar seminariyasini, Sankt-Peterburg universiteti yuridik fak-tini tugatgan (1904). Samarqand viloyati harbiy gubernatorligi mahkamasida tarjimon boʻlib ishlagan. 1895-yil Samarqandda uning 2 asari: „Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ (4000 ta soʻz va oʻzbek tilining qisqacha grammatikasi bilan) va „Samarqand shahri tarixiy yodgorliklaridagi yozuvlarning tarjimasi“ (rus tilida) bosilib chiqqan. L. Goʻri Amir, Shoxizinda maqbaralari, Bibixonim jome masjidi, Bibixonim madrasasi, Shayboniyxon daxmasi va boshqa meʼmoriy yodgorliklardagi yozuvlarni ilk marta rus tiliga tarjima qilgan. Markaziy rus matbuotida turkiy xalqlar tarixi, dini va madaniyati toʻgʻrisida ilmiy maqolalar eʼlon etgan. Turkistonda jadid – yangi usul maktablari ochish talabi bilan chiqqan. 1916-yil dagi qoʻzgʻolonlarda qatnashgan oʻzbek, qozoq, qirgʻiz va boshqa xalqlarning vakillarini sudda advokat sifatida oʻlim jazosidan himoya qilgan.

„Shoʻroi ulamo“ tashkilotining Toshkent shoʻʼbasini boshqargan (1917—18). Samarqanddagi Shohizinda qabristoniga dafn etilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • Mustafo Choʻqay oʻgʻli, Istiqlol jallodlari [1917-yil xotiralari], T., 1997; Aʼzamxoʻjayev S., Turkiyeton Muxtoriyati, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917— 1924-yil), T., 2002; Oʻzbekiston tarixi (1917-1991 i.), T., 2002.Qahramon Rajabov, Murodilla Haydarov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil