Sherobod-Sariqamish qirlari

(Sherobod (qir)dan yoʻnaltirildi)

Sherobod — SARIQAMISH QIRLARI — Surxondaryo botigʻining janubiy gʻarbiy qismidagi qirlar. Janubiy gʻarbdan shimoli-sharqqa 70 km ga choʻzilgan. Shimolidan Boysun botigʻi, janubi-sharqdan Surxondaryo vohasi bilan chegaralangan. Oʻrtacha bal. 800-1000 m. Eng baland joyi 1216 m.

SH.Sherobod-Sariqamish qirlari Boysun togʻlaridan boshlanuvchi bir qancha daryolar (Kafrun, Anjarasoy, Pulihakim va boshqalar) bilan chuqur kesilgan va alohida qirlarga (Kagna, balandligi 955 m; Takasakradi, 1050 m va boshqalar) ajralgan. Yon bagʻirlarida quruq soy va jarliklar ham koʻp. Tektonik jihatdan antiklinal struktura; yura, boʻr, paleogen, neogen, toʻrtlamchi davr qumtosh, ohaktosh, dolomit, mergel, konglomeratlaridan tashkil topgan. Iklimi kontinental, yogʻin kam (150-250 mm). Boʻz, surqoʻngʻir tuproqlarda shuvoq, shoʻra, qoʻngʻirbosh, rang, oq kavrak va boshqalar oʻsadi. Hududi yaylov sifatida foydalaniladi.