Shibetsu, Xokkaydo (Nemuro)
Shibetsu (標津町, Shibetsu-chō) Xokkaydoning Nemuro subprefekturasida joylashgan shahar. 2016-yil 30-sentyabr holatiga koʻra shahar aholisi 5374 kishidan iborat. Maydoni 624.49 km2ni tashkil etadi[1].
Shibetsu 標津町 | |
---|---|
Shaharcha | |
43°40′0″N 145°8′0″E / 43.66667°N 145.13333°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Hukumat | |
• Hokim | Makino Yuji |
Asos solingan | Meiji davrida |
Maydon | 624.49 km2 (241.12 kv mi) |
Aholisi (2016-yil 30-sentyabr) |
5,374 |
Zichligi | 8,6 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+09:00JST |
|
Shahar Xokkaydo shimoli-sharqida, Nemuro subprefekturasining markazida joylashgan. Shibetsu bir tomondan Oxotsk dengiziga tutashgan boʻlsa, boshqa tomonida Shiretoko togʻlari yastanib yotadi. Shibetsuning shimoli-sharqida Rausu shahri, shimoli-gʻarbida Shari, janubida Betsukay va gʻarbda Nakashibetsu shaharlari joylashgan.
Aholisi
tahrir1965-yilda shahar aholisi 8051 kishi boʻlgan boʻlsa-da, 2000-yilda aholi soni 6298 kishiga tushib ketdi. Tugʻilishlar kamayishi va yoshlarning shahardan chiqib ketishi oqibatida xozirda aholi soni tahminan 5825 kishidir[1]. 2021-yil Rossiya fuqarosi Vaas Feniks Nokard siyosiy boshpana izlab Kunashiri orolidan (Rossiya va Yaponiya oʻrtasidagi bahsli hudud) Shibetsugacha boʻlgan 20 kilometr masofani suzib oʻtdi. Ushbu hodisa Shibetsu dunyo boʻylab yangiliklar sarlavhalarida koʻrinish berishiga sabab boʻldi. Rossiyadan qochmoqchi boʻlgan Nokard tunda Nemuro boʻgʻozi orqali Yaponiyaga suzib oʻtgandi[2][3].
Tarixi
tahrirShibetsuga Meiji davrida (1868-1912) endigina oʻtroqlashib boshlagan koʻchmanchilar tomonidan asos solingan va u tezda gullab-yashnayotgan baliqchilik va dehqonchilik shahriga aylangan[1].
Xronologiya
- 1901: Uembetsu qishlogʻi (hozirgi Rausu) Shibetsudan ajralib chiqdi.
- 1923: Shibetsu qishlogʻi ikkinchi darajali munitsipalitetga aylandi.
- 1946: Nakashibetsu ham Shibetsudan ajralib chiqdi.
- 1958: Shibetsu qishlogʻiga shahar maqomi berildi.
Iqlimi
tahrirShibetsuning yozlari salqin, qishlari esa juda sovuq. Yaponiyaning boshqa yirik orollaridan farqli oʻlaroq, Xokkaydoda odatda iyun-iyul oylarida yomgʻirli mavsum boʻlmaydi. Boshqa prefekturalarga nisbatan namlik past boʻlishi va issiq boʻlmagan yozlar Xokkaydo shaharlariga xosdir.
Sanoati
tahrirQizil ikra, chigʻanoq, gulmoyi va mollyuskalarni yetishtirish Shibetsu iqtisodining asosidir. 2009-yilda Shibetsuda baliq ovlash sanoati yiliga 51 milliard yen foyda keltirdi (bundan 39 milliard yen losos yetishtirishga toʻgʻri keladi). Shibetsu shuningdek yiliga 82 milliard yen foyda keltiradigan samarali sut mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatiga ham ega[1].
Transport
tahrirShibetsu yaqinida temir yoʻl liniyasi yoʻqligi sababli, aholi va sayyohlar shaharga borish va qaytish uchun samolyot va mashinalarga tayanishadi. Shibetsu yaqinidagi Nakashibetsu aeroportidan Tokyoga parvozlar 1 soat 40 daqiqa, Sapporo aeroportiga esa 50-60 daqiqa davom etadi. Nakashibetsu aeroportidan 20-30 daqiqada Shibetsu shahriga yetib olish mumkin[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „ja:町の概況“ (ja). Official Website. Shibetsu Town (2009). Qaraldi: 2010-yil 7-may.
- ↑ „Russian man reportedly swims to Hokkaido to defect to Japan | The Asahi Shimbun: Breaking News, Japan News and Analysis“ (en). The Asahi Shimbun. Qaraldi: 2023-yil 23-may.
- ↑ Montgomery, Hanako „Russian Man Who Swam to Japan Now Wants to Stay“ (en). Vice (2021-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 23-may.
- ↑ „標津町へのアクセス“. Official Website. Shibetsu Town (2009). Qaraldi: 2010-yil 7-may.
- ↑ „ja:バスの運行“ (ja). Nakashibetsu Official Website. Nakashibetsu Town Office. Qaraldi: 2010-yil 7-may.