Shibirma
Shibirma — isirgʻa turi; 20-asr oʻrtalarida yaratilgan. Zargarlar shahrida shabaka usulini qoʻllab chiroyli shakl yechimiga erishgan. Barg (yurak) shaklidagi halqa ichi (markazi)ga dumaloq yoki oval shakli simli panjara ishlanib, durlar terilgan spiral simli shokilalar osilgan.
Oʻsha davrlarda asosan boylarning ayollari taqishni boshlagan mazkur Shibirma- isirgʻa turi yillar davomida shakllanib bugungi kunda yanada goʻzallashgan holatda kelinchaklarimiz husniga husn qoʻshib turibdi. [1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ manba: izlanishlar asosida