Shokila,Shokilaovqila (tovush chiqaruvchi) — zargarlik buyumi; Xorazm ayollarining murakkab, koʻp qismli taqinchogʻi.Shokila. peshonani yopib turuvchi osmatuzi, chakkalik (yarimtirnoq)ka ulanadi hamda ular birgalikda ansambl hosil qiladi.Shokila halqachalardan tuzilgan turlicha uzunlikdagi zanjirlarga yaproqcha, marjon, gʻuncha, zigʻiraklardan iborat osilmachoqlar biriktirib hosil qilinadi hamda 2 ta halqali chakka taqinchogʻining har biriga sershokilali oʻzaro ketmaket ulangan 3-4 ta qubbalar qatori osiladi (baʼzan ular uchburchak tumor bilan tugaydi). Qimmatbaho turlarida zanjirlar markaziga koʻpincha oval shokilaaklidagi yuzasi ziynatlangan turunjlar oʻrnatiladi, ayrimlariga 5-6 tadan dur, laʼllar qadaladi.Shokila taqilganda, turli uzunlikdagi marjon qatorlari iyak, boʻyin, koʻkrak uzra ketmaket bir tekis yotadi. Ayollar shokila taqib yurganida tana harakatiga qarab tovush chiqarib, jaranglaydi (nomi shokilaundan).

Quloq yoki chakkaga taqiladigan taqinchoqlarga biriktiriladigan shokila. kabi marjonlar Oʻzbekiston hududidan topilgan kushonlar davriga oid haykallarda uchraydi.Shokila. XIX asr 1-yarmida kunda, XIX asr 2-yarmida toʻyhashamlarda taqilgan. XIX asr oxiridan Shokila. qismlarga boʻlinib ketgan, ular ham Shokila deb ataladi.