Yarimtirnoq
Yarimtirnoq — zargarlik buyumi; Xorazm ayollarining chakka — quloqqa taqadigan taqinchogʻi. Yarimtirnoq mujassamotlaridan birining tuzilishi yuqori qismi 3 tishli (ikki ot oʻrtasida turgan onamaʼbuda), quyi qismi yarim oy yoki uyasida oʻtirgan qushchalar shaklidagi 2 zarhallangan kumush taxtachalardan iborat boʻlib, yuzasiga bezak toshlar yoki shisha koʻzlar qadalgan, ular atrofi bosma usulida mayda oʻsimliksimon naqshlar yoki chiziqlar bilan bezatilgan. Yarimtirnoqning yuqori qismiga ukpar qadash uchun naycha va ilgaklar ishlangan, quyi qismi esa yaproqcha, marjonlar terilgan shokilalar qatori bilan hoshiyalangan. Yarimtirnoq osmatuzi bilan birga ansambl hosil qiladi. Davr oʻtishi bilan Yarimtirnoq soddalashgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |