Shina (energiya tizimi)
Shina – qarshiligi past bo‘lgan o‘tkazgich.
Past kuchlanishli elektr qurilmalarida shinalar bir nechta alohida elektr zanjirlarini ulash uchun qo‘llaniladi[1]. Yuqori kuchlanishli qurilmalarda esa, odatda, past aktiv va reaktiv qarshilik talab etiladigan joylarda yuqori kuchlanishli qurilmalar bir-biriga shinalar yordamida ulanadi. Bu esa o‘rnatish maydonini, material sarfini va mehnat xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Ochiq qurilmalarda - elektr podstansiyalari va yuqori kuchlanishli taqsimlash qurilmalarida - shinalar himoya qobiqlarsiz ochiq havoda ishlatilishi mumkin. Qattiq shinalar mis, po‘lat yoki alyuminiydan tayyorlanib, plastina (tasma), sterjеn va quvursimon, to‘rtburchak yoki boshqa kesimli profillar shaklida bo‘ladi. Egiluvchan shina misdan yasalgan metall plastina (yoki plastinalar to‘plami) yoki eshilgan simlardan iborat kabel mahsuloti ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ „Shinali o'tkazgich“. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.