Shirin Ramazonova
Shirin Ramazonova (1941.4.2, Urganch) — Oʻzbekiston xalq artisti (2005). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1980). "Ravshan va Zulxumor" spektaklidagi Zulxumor uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Layli ("Layli va Majnun"), Shohsanam ("Oshiq Gʻarib va Shohsanam"), Zuhra ("Tohir va Zuhra"), Nurxon ("Nurxon"), Xolisxon ("Xolisxon"), Oyxon ("Maysaraning ishi"), Ofeliya ("Hamlet"), Amaliya ("Qaroqchilar"), Karomat ("Toshbolta oshiq"), Nazokat ("Parvona"), Ofat ("Qaynona") va boshqa R. sahnada yaratgan eng yaxshi obrazlardir. Xattiharakatlaridagi tabiiylik, ichki kechinmalarni ifodalash maromi, nutqning aniq, ravon va taʼsirchanligi R. ijodiga xosdir. "Feruz-1", "Munojot", "Sevgi", "Yurak", "Ayrilma mendan", "Bahor keldi" kabi ashulalari bilan xonanda sifatida ham tanilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |