Shirk (arabcha شرك) islomda politeizm konsepsiyasidir. Monoteizmni uqtiruvchi tavhid tushunchasiga teskari maʼnodadir.

Shirk (arab.) — Allohning sherigi bor deb bilish, koʻpxudolilik. Islomga koʻra, Allohdan boshqa "iloh"larga, shuningdek, butlar va odamlarga sigʻinish katta gunoh, kufr hisoblanadi. Allohdan oʻzgaga topinuvchilar mushrikdirlar. Qurʼonga koʻra, Sh. kechirilmaydigan gunoh hisoblanadi. Isteʼmolda kofirni mushrik, mushrikni kofir, deb atab kelinadi.

Shirk turlari ikki xil: Katta shirk va kichik shirk.

Katta shirk(shirk akbar) bu Alloh bilan sherik qilish, unga(sherikka) Allohga murojaat qilgandek murojaat qilish yoki biron bir ibodat turini unga(shu sherikka) qaratish(unga qilish) ya’ni masalan, yordam so’rash yoki qurbonlik so’yish, qasam ichish va hokazo kabi ibodat turlarini Allohdan o’zgaga qilish.

Kichik shirk bu katta shirkka olib borishi (boshlashi) mumkin bo’lgan barcha vositalardir.U ibodatning sifatiga ta’sir etmaydi ammo uni qilgan kishi Islomdan chiqmaydi(kofir hisoblanmaydi)