Shodmon Umarov

Sovet Ittifoqi Qahramoni

Shodman Umarovich Umarov (1918-yil 27-oktyabr — 1984-yil 2-fevral) — sovet askari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 266-gvardiya oʻqchi polkining 3-batalyoni (88-gvardiya oʻqchilar diviziyasi, 28-gvardiya oʻqchilar korpusi, 8-gvardiya armiyasi,1-Belorussiya fronti) komandiri, gvardiya kapitani. Sovet Ittifoqi Qahramoni.

Shodmon Umarov
Asl ismi Shodmon Umarovich Umarov
Tavalludi 27-oktyabr 1918-yil
Kitob tumani
Vafoti 2-fevral 1984-yil(1984-02-02)
(65 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari piyoda askarlar
Unvoni kapitan
Harbiy  qism 266-gvardiya oʻqchi polki
88-gvardiya oʻqchi diviziyasi
Mukofotlari

Tarjimai holi tahrir

Shodmon Umarov 1918-yilning 27-oktyabrda Urus qishlogʻi (hozirgi Kitob tumani, Qashqadaryo viloyati)da tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 6-sinfni tamomlagan. Tuman komsomol qo‘mitasida ishlagan.

1938-yili Kitob tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqiriladi. Piyoda askarida xizmat qilgan. 1941-yildan KPSS aʼzosi. 1942-yilda Tbilisi harbiy piyodalar maktabini tamomlagan. 1942-yil iyun oyida Ikkinchi jahon urushi frontida jangga kirgan. 1944-yilgi „Otishma“ kursini tamomlagan.

Nemis qoʻshinlari bilan janglarda boʻlinmalarni boshqarish qobiliyatini va shaxsiy jasoratini namoyon qilgan. Qiyin paytlarda batalyon komandiri sifatida, boʻshqalarga oʻrnak oʻlaroq, askarlarga jangga yetaklagan. Kapitan Umarov 1944-yilning yoziga kelib, 266-gvardiya oʻqchi polkining 3-batalyoniga komandir boʻladi. Ukraina va Polshani ozod qilish uchun kechgan janglarda alohida koʻzga tashlangan.

Kovel shahri yaqinida hujum batalyoni ogʻir janglarda dushmanning uzoq muddatli mudofaasini yoʻq qilishga muvaffaq boʻlgan. Oʻsha viloyatning VishnyuvLyuboml viloyatlarida batalyon dushmanni aholi punktidan haydab chiqaradi, temir yoʻl stantsiyasini egallab oladi va koʻcha janglarini kirishib, dushmanlarini butunlay yoʻq qiladi.

Yanvar oyi oʻrtalarida kapitan Umarov batalyoni Tsebilyuvka hududida dushman mudofaasini yorib oʻtgan. Qoʻshin 25-yanvar kuni Vayssenburg aholi punkti hududida Varta daryosini kesib oʻtishadi. Chap qirgʻoqdagi koʻprik boshlanish hududi egallanib, 9 soat ichida dushmanning 7 ta hujumini qaytarishga muvaffaq boʻlishadi. Qolgan qismlar yaqinlashguncha pozitsiyani ushlab turishadi. Ushbu koʻprikdan diviziya hujumga oʻtadi va Vayssenburgni ozod qiladi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-mart sanasidagi farmoniga asosan qoʻmondonlik jangovar topshiriqlarini namunali bajargani, koʻrsatgan qoʻriqchilarning jasorati va qahramonligi uchun kapitan Shodmon Umarovga Sovet Ittifoqi Qahramoni, Lenin ordeni, Qizil Yulduz medali kabi unvonlar topshirilgan.

Urushdan keyin u armiyada qoldi. 1949-yilda M. V. Frunze nomidagi harbiy akademiyani tamomlagan. Harbiy komissarliklar tizimida xizmat qilishni davom ettirgan. 1953—1961-yillarda Toshkent Jismoniy tarbiya institutida o‘qituvchi bo‘lgan. 1975-yilda nafaqaga chiqqan.

Toshkent shahrida yashagan. Shaharda fuqaro muhofazasi shtab boshligʻi boʻlib ishlagan. 1975-yilda DOSAAFning Toshkent shahar qoʻmitasi raisi. 1984-yil 2-fevralda vafot etgan. Toshkentdagi harbiy qabristonning Qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan.

Shodmon Umarov Lenin ordeni, ikki bora Qizil Bayroq ordeni, Qizil Yulduz kabi ordenlar, 3-darajali „SSSR Qurolli Kuchlarida Vatanga xizmatlari uchun“ orden va medallari bilan taqdirlangan.

Adabiyotlar tahrir

  • Geroi Sovetskogo Soyuza — uzbekistansi. — Tashkent, 1984.
  • Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1988. — T. 2 /Lyubov — Yaщuk/. — 863 s. — 100 000 ekz. ISBN 5-203-00536-2

Havolalar tahrir