Shoh Sayyid Ahmad Raypuri (urdu: شاہ سعید احمد رائپوری; 1926-yil yanvar — 2012-yil 26-sentyabr[1][2][3]) pokistonlik musulmon olimi, shuningdek, Raypurdagi Xonaqohi Rahimiyaning (Hindiston) ruhiy merosxoʻri va Shoh Valiulloh tariqatining zamondoshi edi. „Tablig‘i jamoat“ asoschisi Mavlono Shoh Ilyos Qandhalviy va shayxul-hadis Mavlono Muhammad Zakariyaning ko‘zga ko‘ringan shogirdlaridan edi. Amaliy siyosatda yuqori darajaga koʻtarilib[4], Shoh Valiulloh, Shayxul-Hind Mavlono Mahmud ul-Hasan, Shoh Abdulqodir Raypuriy, Mavlono Ubaydulloh Sindiy va Mavlono Husayn Ahmad Madaniy fikrlari asosida 1967-yilda JTIni tashkil etdi. Uning rahbarligida 1974-yilda nashr etilgan „Azm (عزم)“ nomli jurnal hozirgacha nashr qilinmoqda. 1987-yilda Shoh Valiullohning falsafiy asarlari asosida „Tanzim fikri valiullohi“ tashkilotini tuzdi. Valiullohiy falsafaga asoslangan adabiyotlarni nashr etish uchun „Shoh Valiulloh media fondi“ni tuzdi. Shuningdek, 2001-yilda Lahor shahrida Rahimiya Qur’on fanlari institutini tashkil etdi. Hozirda Rahimiya Qur’on fanlari institutining Karachi, Sukkur, Multan va Ravalpindi shaharlarida toʻrtta kampusi mavjud[5]. Seminarlar va boshqa tadbirlar tashkil etish orqali minglab yoshlar institut bilan bog‘langan[6].

Shoh Sayyid Ahmad Raypuri
شاہ سعید احمد رائپوری
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1926-yil yanvar
Vafoti 26-sentyabr 2012-yil(2012-09-26)
(86 yoshda)
Lahor, Pokiston
Dafn etilgan joyi

Gulzori Sayyidiya Rahimiya

Rahimiya Qurʼon fanlari instituti yaqinida, Lahor
Dini Islom
Mazhab Sunniylik
Asosiy qiziqish(lar)i Shah Valiulloh falsafasi va taʼlimoti
Mashhur ish(lar)i Ijtimoiy oʻzgarish, butun insoniyat uchun eng yaxshi tizimni amalga oshirish
Kasbi Islomshunos, Soʻfiy shayx, muallif

1992-yilda otasi Shoh Abdul Aziz Raypuriyning vorisi etib tayinlangan.

Yoshlik va bolaligi

tahrir

Shoh Said Ahmad Raipuri Shoh Abdulaziz Raypurining to‘ng‘ich o‘g‘li edi. U 5 yoshida Abdulqodir Raypuridan saboq olishni boshlagan va umrining o‘ttiz yilini u bilan o‘tkazgan[manba kerak]. 1947—1948-yillarda Mazohiral Ulum madrasasida tahsil oldi[manba kerak]. Shoh Said Ahmad Raypuriy Hindistonning Tigri shahrida tug‘ilgan naqshbandiy pir Shoh Abdul Rahim Raypuriydan (1853-1919) keyingi to‘rtinchi shayx edi. Shoh Abdul Rahim Raipuri Raypurda Xonaqohi Aliya Rahimiyani tashkil qildi va keyinchalik u Deobandi taʼlimotining yetakchi markazlaridan biriga aylandi. Abdul Rahimning koʻplab vorislari singari Shoh Said Ahmad Raipuri ham 2001-yilda xonaqohni Lahorda Idora Rahimiya Ulumi Quraniya nomi bilan tashkil qildi[5]. Nizom ul Madaris ur Rahimiya tarmogʻi butun Pokiston boʻylab son-sanoqsiz madoris (diniy maktablar) tarmogʻi bilan kengayib ketgan[4][7].

Iqtiboslar

tahrir

Shoh Sayyid Ahmad Raypuri islohotchi, inqilobiy va taraqqiyparvar mafkurasi bilan mashhur musulmon so‘fiy olimi va mutafakkir edi. Quyida uning baʼzi iqtiboslari keltirilgan[8]:

  • Agar hukmdorlar noloyiq boʻlsa va inson huquqlari poymol qilinsa, tanazzulni bartaraf etish uchun inqilobga harakat qiling.
  • Alloh Payg‘ambarga jamiyatdan zulmni yo‘q qilish, mazlumlarga yordam berish, butun dunyo ahlini zulm va adolatsizlikdan xalos etishni buyurdi.
  • Qurʼonning maqsadi va mafkurasi Allohga ibodat qilish, bu dunyodan adolatsizlikni yoʻq qilish va mazlumlarga ozodlik berishdir. Qashshoqlikni yoʻq qilish, tinchlik oʻrnatish, urush va janglar muhitini tugatish Qur’onning ilohiy amridir. Xotinlaringiz, farzandlaringiz, ota-onangiz, aka-ukalaringiz, qarindoshlaringiz, qo‘ni-qo‘shnilaringizning haq-huquqlarini bajarish Qur’onning ilohiy amri bo‘lib, bundan ham uzoqroqqa borsak, Qur’on bizga butun insoniyat haq-huquqlarini hurmat qilishni buyuradi.
  • Namoz Valiyni yaratishi kerak edi. Aksincha, bugungi kunda biz bir xil namoz oʻqiydigan kishilarning xislatlari zolim va yomonlik qiluvchilarga xosligini koʻrmoqdamiz.
  • Alloh namoz mening haqqim, men haqimni kechira olaman, deydi. Lekin yolgʻon gapirish, tuhmat qilish, boshqalarga zarar yetkazish — bu insonlarning haqlaridir (Haqouq-ul-Ibad).

Siyosiy harakatlar

tahrir

Pokistonning Amerika homiyligida va MRB qoʻllab-quvvatlagan sovet-afgʻon urushidagi yashirin ishtirokiga keskin qarshi chiqdi va ochiq tanqid qildi. Aksariyat diniy-siyosiy yetakchilar va diniy partiyalar Pokistonning afg‘on jihodidagi rolini qo‘llab-quvvatlagan bir paytda musulmonlardan bu urush uchun yoqilg‘i sifatida foydalanilayotgani va urushning Janubiy Osiyoga jiddiy taʼsiri bor, degan fikrda edi. Xususiy armiyalar va jihodiy guruhlar orqali olib borilgan Kashmir jihodining kuchli tanqidchisi edi. Uning fikricha, Pokistonni zo‘ravonliksiz va jangari bo‘lmagan siyosiy kurash, diplomatik muloqot va dialog orqali yaratish mumkin bo‘lsa, nega Kashmir mojarosini proksi urushsiz hal qilib bo‘lmaydi. Hech qachon Afgʻonistondagi Tolibon rejimini qonuniy islomiy va demokratik rejim sifatida tan olmagan va ularni ochiq tanqid qilgan[manba kerak].

Manbalar

tahrir
  1. Obituary.
  2. Obituary.
  3. „Shah Saeed Ahmed Raipuri passes away“. Qaraldi: 2012-yil 26-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 Kamran, Tahir (2006). „Evolution and Impact of 'Deobandi' Islam in the Punjab“ (PDF). The Historian: A Research Journal. 3-jild. 28–50-bet. 2011-11-17da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2023-01-05.
  5. 5,0 5,1 Rahimia Institute of Quranic Sciences.
  6. „Seminar on thoughts of Shah Waliullah“ (2005-yil 27-iyun). Qaraldi: 2012-yil 26-sentyabr.
  7. Azad, Mufti Abdul Khaliq. Mashaikh-i-Raipur: Khanqah-i-Aliya Rahimia Raipur aur mashaikh Raipur ka taaruf. Lahore: Dar ul Tehqiq wal Ishaat, 2006 — 198–199-bet. 
  8. „RIP Shah Saeed Ahmad Raipuri“. 2013-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-sentyabr.