Shohruh Davlatov
Shohruh Davlatov (1996-yil 7-martida tugʻilgan[1]) – yengil atletikachi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi. Oʻrta va uzoq masofalarga yuguruvchi, ochiq stadionlarda (5000 metr va 10000 metr) ikki karra Oʻzbekiston chempioni, yopiq inshootlarda milliy chempionat gʻolibi, 1500 metr va 3000 metrlik (yopiq inshootlarda) masofada Oʻzbekiston rekordchisi, ommaviy yugurish boʻyicha koʻp karra milliy turnirlar gʻolibi. Parij shahrida boʻlib oʻtgan 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yengil atletikaning marafon dasturida ishtirok etgan.
Shohruh Davlatov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
17-mart 1996-yil Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani |
Sport | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qaysi sport | Atletika |
Faol tomoni | marafon |
Hayoti
tahrirDavlatov Shohruh Saʼdullo oʻgʻli 1996-yilning 7-mart kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tugʻilgan[1].
Faoliyati
tahrirShohruh 2017-yildan Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining aʼzosi hisoblanadi. Murabbiylari Kamoliddin Roʻzimuhammedov hamda Natalya Xoldorova[1]. Uning xalqaro turnirlardagi ilk ishtiroki 2015-yilda Guyyanda boʻlib oʻtgan „World Cross Country Championships“ marafoniga toʻgʻri kelgan. Ushbu turnirning 20 yoshgacha boʻlganlar toifasida qatnashgan sportchi 28:39 minutlik natija bilan 107-boʻlib marraga yetib kelgan. Keyinchalik 2018-yilda Kardiffda boʻlib oʻtgan yarim marafon boʻyicha jahon chempionatida 1:09:56 koʻrsatkich qayd etgan holda 72-oʻrinni egallagan[2]. 2019-yilda Neapolda boʻlib oʻtgan Yozgi Universiadada 1:07:06 da finish chizigʻini kesib oʻtib oltinchi natijani qayd etgan[3].
Shohruh 2023-yilning 12-16-iyul sanalarida Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatining 5000 metr hamda 10000 metrlik yugurish musobaqalarida ishtirok etgan. Sportchi 5000 metrlik yoʻnalishda 13:57.76 daqiqalik natija bilan 4-oʻrinni qayd etgan boʻlsa[4], 10000 metrlik dasturda 30:59.80 daqiqalik natija bilan marra chizigʻini 8-boʻlib kesib oʻtgan[5].
Shohruh 2023-yil 3-dekabr sanasida Ispaniyada boʻlib oʻtgan „Valencia Marathon Trinidad Alfonso“ marafonida 2:07:02 natija qayde etgan holda Parij-2024 Yozgi Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan[6]. Bu katijasi bilan Davlatov 1985-yilning 15-iyunida Vladimr Belebordov tomonidan oʻrnatilgan milliy rekordni ham yangilagan[7]. Undan tashqari yarim marafon boʻyicha Oʻzbekiston rekordi ham ushbu sportchi tomonidan oʻrnatilgan (1:01:48)[8].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Shohruh Davlatov“. www.olympic.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
- ↑ „2018 Cardiff University Half Marathon results“. www.tdleventservices.co.uk. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Универсиада“. www.uzathletics.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Men's 5,000 Metres Final“. www.worldathletics.org. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Men's 10,000 Metres Final“. www.worldathletics.org. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Shohrux Davlatov marafon dasturida Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi“. kun.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Легкоатлет из Узбекистана Шохрух Давлатов побил национальный рекорд в марафоне в Испании“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Шохрух Давлатов побил рекорд страны на полумарафоне в Валенсии“. www.darakchi.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.