Shoira Musayeva
Shoira Azimovna Musayeva (1956-yil 15-dekabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Shoira Azimovna Musayeva | |
---|---|
Tavalludi |
15-dekabr 1956-yil Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | iqtisodchi |
Sohasi | iqtisodiyot, marketing |
Taʼlimi | Samarqand kooperativ instituti |
Ilmiy darajasi | iqtisodiyot fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirShoira Musayeva 1956-yil 15-dekabr Samarqand viloyatida tugʻilgan[1]. 1977-yilda Samarqand kooperativ institutini tovarshunos mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1992—1993-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Marketing“ kafedrasi assistenti, 1993—1997-yillarda „Savdoni tashkil etish“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1997-yilda „Tijorat va savdo logistikasi“ kafedrasi dotsenti, 1997—2021-yillarda „Marketing“ kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2021-yildan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti „Marketing“ kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir1989-yilda Moskva kooperativ institutida ruscha: „Кооперативная торговля книгами в Узбекской ССР и пути её совершенствования“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1990-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi. 1997-yilda dotsent ilmiy unvoni beriladi. 5 ta monografiya, 140 ta ilmiy maqolalar muallifi[1].
Mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni (2006);
- „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2021).