Shokir Xoliqov (1992-yil Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumani) – Kinorejissor va ssenarist.

Shokir Xoliqov
Tavalludi
Kasbi rejissor
Millati o`zbek

Faoliyati

tahrir

Shokir Xoliqov 1992-yil Surxondaryo viloyating Shoʻrchi tumanida tugʻilgan. Shokir Xoliqov Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida „Televideniye va radio rejissyorligi“ boʻyicha tahsil olgan. Shokir Xoliqov 2019-yilda 72-xalqaro Kann festivali doirasida „Choy“ nomli qisqa metrajli filmi Gran-prisini qoʻlga kiritgan. Xoliqovning debyut „Yakshanba“ badiiy filmi Xitoyning Shanxay shahrida boʻlib oʻtgan 25-Shanxay xalqaro kinofestivali doirasidagi „Osiyoning yangi isteʼdodlari“ yoʻnalishining eng oliy mukofoti – „Oltin kubok“ka sazovor boʻldi. Yosh rejissyor shu paytgacha Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Rossiya, Makedoniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda boʻlib oʻtgan qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarida gʻolib boʻlgan[1]. Shokir Xoliqovning “Qiz va bulut” animatsion filmi Yaponiyada o‘tkazilgan “DigiCon6 Asia” animatsion filmlar festivalida ikkita mukofotni qo‘lga kiritgan. Film “Mintaqaning oltin filmi” va “Festivalning oltin filmi” nominatsiyalarida g‘olib deb topilib, 3 ming AQSh dollari mukofoti bilan taqdirlangan[2].

Filmlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „“O‘zbekkino”ning servizi tufayli mashhurlikka erishgan rejissyor Shokir Xoliqov bilan AQShga o‘qishga ketayotgani va karyerasini O‘zbekistonda ko‘ra olmasligi haqida intervyu (video)“. daryo.
  2. „daryo.uz“ (2021-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 5-yanvar.