Shoxdara tizmasi
Shoxdara tizmasi - Pomirning jan.gʻarbidagi togʻ tizmasi (Tojikistonda). Panj va Shoxdara daryolari oraligʻidagi suvayirgʻich. Uzunligi 100 km ga yaqin, eng baland joyi 6726 m. Ikki qismga boʻlingan. Birinchi, sharqiy qismi (Shoxdara tizmasining oʻzi)ning uz. 100 km ga yaqin, eng baland joyi 6726 m. Ikkinchi, gʻarbiy qismi meridianal choʻzilgan Ishkoshim tizmasidan iborat (uz. 95 km, eng baland joyi — Mayakovskiy choʻqqisi, 6096 m). Shoxdara tizmasining suvayirgʻich qismi oʻtkir, qoyali. Yon bagʻirlari tik, Panj daryosining koʻplab irmoqlari bilan chuqur kesilgan. Ularning koʻpchiligi dara shaklida, vodiylarida muzliklar hosil qilgan relyef shakllari tarqalgan. Yon bagʻirlari balandtogʻ oʻtloq dashtlari va qurumlar bilan qoplangan. Muzliklar bor. Ularning umumiy maydoni 433 km²ga yaqin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |