Ishkoshim tizmasi - Pomir togʻli oʻlkasining jan.-gʻarbidagi (To-jikiston Respublikasi) Shoxdara tizmasining gʻarbiy davomi. Shim.da Xorugʻ sh. yaqinidan jan.da Panj daryosining oʻng sohili boʻylab (meridianal yoʻnalishda) davom etadi. Uzunligi 100 km chamasida. Eng baland joyi 6096 m (Mayakovskiy choʻqqisi). Hoz. zamon muzliklari bor. Uchlamchi davr alp burmalanishida koʻtarilgan. Asosan, gneys, amfibolit va b. metamorfik jinslardan tuzilgan. Yon bagʻirlarida dasht va choʻl oʻsimliklari oʻsadi, chuqur vodiylarda ondasonda archa uchraydi. Qaynoq mineral buloklar bor. Garmchashma bulogi atrofi balneologik kurort. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil