Shuhratjon Sobirov

Oʻzbekiston davlat arbobi, yurist

Shuhratjon Oʻrinboyevich Sobirov (oʻzbekcha: Шухратжон Уринбаевич Собиров) — oʻzbek davlat arbobi. 2020—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

Shuhratjon Oʻrinboyevich Sobirov
 Oʻzbеkistоndagi Interpol byurosi direktori
Mansab davri
2023-yil 3-martdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Gʻanijon Alimuhamedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-dekabr 1960-yil (1960-12-20) (64 yosh)
Fargʻona
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni[1]
Qoʻshin turi ichki xizmat
Unvoni General-mayor

Biografiyasi

tahrir

1960-yil 20-dekabrda Fargʻona viloyati Rishton tumanida harbiylar oilasida tugʻilgan.

1982-yilda Fargʻona politexnika institutini tamomlagan.

1982—1984-yillarda – harbiy xizmat.

1984—1987-yillarda – Rishton tumanidagi 12-sonli qurilish boshqarmasi uchastka mexanigi.

1987—1994-yillarda – Rishton tumani ichki ishlar boʻlimi jinoyat-qidiruv boʻlinmasi tezkor vakili, katta tezkor vakili, boʻlinma boshligʻi.

1994–1996-yillarda – Bagʻdod tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

1996–1999-yillarda – Oltiariq tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

1999–2003-yillarda – Yozyovon tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

2003–2005-yillarda – Qoʻqon shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

2005–2008-yillarda – Fargʻona tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

2008–2014-yillarda – Qoʻqon shahar hokimi.

2014–2016-yillarda – Oʻzbеkistоn Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh inspektorlar guruhining bosh inspektori.

2016—2017-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

2017—2020-yillarda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2020-yil 16-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan va shu kuni general-mayor unvonini olgan[2].

2023-yil 22-fevral kuni Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan boʻshatilgan va Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi direktori etib tayinlangan[3].

Manbalar

tahrir