Shukrullo
Shukrullo domla (ismi va taxallusi; familiyasi Yusupov) (1920.09.02, — Shukrullo Yusupov 1920-yil 2-sentabrda Qo'qonning Yaypan qishlog'ida ziyoli oilada tugʻildi. Otasi – Yusufxoʻja Mahmudxoʻja oʻgʻli shifokor boʻlgan. Onasi – Zaynabxon ham ilmli ayol boʻlgan. Shoir pedagogika bilim yurti (1935–1938) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944), 1938-yil Qoraqalpogʻistonda, 1939–1945-yillarda Toshkentda oʻqituvchilik qilgan. Keyin Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi (1945–1949), Oʻzbekiston davlat nashriyotida muharrir (1945–51; 1955–65) bo‘lib ishlagan. 1951-yilda millatchilik va sovetlarga qarshi targʻibotda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, Stalin vafotidan keyin ozod etilgan (1955).
Shukrullo Domla | |
---|---|
Tavalludi |
2-sentyabr 1920-yil |
Vafoti | 19-iyul 2020[1] |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Andoza:Mahalla imomiAndoza:Davlat xodinlariga sodiqlik unvoni![]() ![]() |
Sheʼriy toʻplamlariTahrirlash
Ilk sheʼrlar toʻplami – „Birinchi daftar“ (1949). Shundan keyin uning „Qalb qoʻshiqlari“ (1949), „Hayot ilhomlari“ (1959), „Umrim boricha“ (1960), „Inson va yaxshilik“ (1961), „Inson – inson uchun“ (1964), „Zarralar“ (1973), „Suyanchiq“ (1977), „Yashagim keladi“ (1978), „Sening baxting“ (1988), „Toʻkilgan dardlarim“ (2001) kabi sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. Shukrullo lirik sheʼrlarida sevgi va vafo, mehr va oqibat singari insoniy qadriyatlarni ulugʻlab, kitobxonda yalqovlik, loqaydlik, kalondimogʻlik, hasadgoʻylik, gʻarazgoʻylik kabi illatlarga nisbatan nafrat tuygʻusini uygʻotishga intilgan. Lirik qahramonning ruhiy olamida kechgan va kechayotgan evrilishlarni inson va jamiyat, inson va tabiat oʻrtasidagi uzviy aloqani tasvirlash orqali koʻrsatib bergan.
IjodiTahrirlash
Shukrullo „Chollar“ (1948), „Rossiya“ (1956), „Ikki qoya“ (1964), „Tong otari“ (1966), „Gul va otash“ (1972), „Koʻngil chirogʻi“ (1975), „Asr bahsi“ (1985) va boshqa dostonlarni yozgan. Shoirning bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklari „Bahor sovgʻasi“ (1962), „Yulduzlar“ (1964) sheʼriy toʻplamlaridan oʻrin olgan. „Xatarli yoʻl“ (1962), „Tabassum oʻgʻrilari“ (1964), „Toʻydan keyin tomosha“ (1980), „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ (1982), ustoz yozuvchilarning ijodiy tajribalari toʻgʻrisida bahs yurituvchi „Javohirlar sandigʻi“ (1983) essesi, qatagʻon davri dahshatlari haqidagi „Kafansiz koʻmilganlar“ (1989) avtobiografik qissasi, „Qasosli dunyo“ (1994) publitsistik maqolalar toʻplami, Ubaydulla Xoʻjayev toʻgʻrisidagi „Tirik ruhlar“ (1999) roman-xronikasi muallifi. Shukrulloning „Xatarli yoʻl“, „Tabassum oʻgʻrilari“, „Unsiz faryod“, „Toʻydan keyin tomosha“, „Janjal“, „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ singari sheʼriy, nasriy dramalari bor.
Shukrullo Karlo Gotssining „Baxtiyor gadolar“ pyesasi, Shukrullo Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliyev va boshqa shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz tillarida nashr etilgan.
Nashr qilingan asarlariTahrirlash
1958-yilda bir jildlik, 1973-yilda 2 jildlik, 1977-yilda „Javohirlar sandigʻI“ badia-kitobi, 1981-yilda 3 jildlik asarlari bosildi. 1997-yilda „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ dramalar toʻplami chop etildi. 1991-yilda „Kafansiz koʻmilganlar“ va rus tilida (Moskvada) „Krik dushi“ pyesalar toʻplami bosildi. 1999-yilda „Tirik ruhlar“, 2002-yilda „Ogʻir kunlar sevinchi“ qissa va romanlari nashr etildi.[2]
MukofotlariTahrirlash
Shukrullo „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoni, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1994). „Doʻstlik“ (1994) va „Elyurt hurmati“ (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.[3]
AsarlariTahrirlash
- Shukrullo. Kafansiz koʻmilganlar. Roman. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1991.
- Shukrullo. Tirik ruhlar. Roman. T.: Adabiyot va sanʼatnashriyoti, 1999.
- Shukrullo. Izbranniye stixotvoreniya. Moskva. „Xudojestvennaya literatura“, 1987.
AdabiyotTahrirlash
- Rahimjonov Nuʼmon. Shoir va davr. Monografiya. T.: „Fan“, 1983.
- Umrboqiylik (Shukrullo hayoti va ijodi haqidagi maqolalar toʻplami). T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2002.
- Tanlangan asarlar, 2 j.li, T., 1973–1974; Oʻgʻrini qaroqchi urdi (pyesalar), T., 1995; Tirik ruhlar, T., 1999; Toʻkilgan dardlarim, T., 2001; Ogʻir yillar quvonchi, T., 2003.
ManbalarTahrirlash
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME
- ↑ „О награждении в связи с 28-летием государственной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры и искусства“. УзА (29-avgust 2019-yil). Qaraldi: 31-avgust 2019-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |