Shunqor Abdurasulov (1998-yil 25-may, Toshkent, Oʻzbekiston) — Yengil vazn toifasida ishtirok etadigan oʻzbek bokschisi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Osiyo oʻyinlari kumush medali (2018-yil), Butunjahon harbiylar oʻyinlari kumush medali (2019-yil), harbiy xizmatchilar oʻrtasida jahon chempioni (2021-yil), xalqaro va milliy havaskorlar bokschilar oʻrtasidagi koʻplab turnirlar gʻolibi va sovrindori.

Shunqor Abdurasulov
Statistikasi
Asl ismi Шунқор Абдурасулов
Vazn toifasi Yengil (60 kilogrammgacha)
Boʻyi 170 santimetr
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yashash joyi Toshkent
Tavalludi 25-may 1998-yil (1998-05-25) (26 yosh)
Toshkent
Professional faoliyati
Birinchi jangi 2017-yil 25-mart
Oxirgi jangi 2017-yil 25-mart
Janglari soni 1

Biografiyasi

tahrir

Shunqor Abdurasulov 1998-yil 25-mayda Oʻzbekistonning Toshkent shahrida tugʻilgan.

Havaskor boksdagi faoliyati

tahrir

2016-yilning noyabr oyida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 56 kg gacha boʻlgan vazn toifasida bronza medali sovrindori boʻl. Yarim finalda amerikalik Marc Castroga ochkolar hisobida yutqazgan.[1][2]

2018-yilning sentyabr oyida Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarining 60 kg vazn toifasida finalda tajribali moʻgʻulistonlik bokschi Erdenebatin Tsendbaatarga[3] yutqazib, kumush medali sovrindori boʻlgan.

2019-yilning avgust oyida Grozniy shahrida oʻtkazilgan Checheniston Respublikasining birinchi Prezidenti, Rossiya Qahramoni Axmat-Xajji Qodirov xotirasiga bagʻishlangan XI xalqaro turnirning 60 kilogramm vazn toifasida finalda rossiyalik Magomed Shamsaevni ochkolar hisobida magʻlub etib, gʻolib boʻlgan.[4]

2019-yilning oktyabr oyida Uxanda shahrida oʻtkazilgan Butunjahon harbiylar oʻyinlarida 60 kilogramgacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib, finalda fransuz bokschisi Enzo Grauga ochkolar hisobida yutqazib kumush medali sovrindori boʻlgan[5].

2021-yilning sentyabr oyi oxirida Xalqaro harbiy sport kengashi tashabbusi bilan Moskva shahrida boʻlib oʻtgan harbiy xizmatchilar oʻrtasida boks boʻyicha 58-jahon chempionatida 60 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib, finalda rossiyalik Konstantin Opolskiyni[6][7] magʻlub etgan va jahon chempioni boʻlgan.

Professional boksdagi faoliyati

tahrir

2017-yilning 25-mart kuni Shunqor oʻzining professional faoliyatini boshladi. Unda Filippinlik Gilbert Quddusni magʻlubiyatga uchratib, professional boksdagi ilki gʻalabasini qoʻlga kiritgan[8].

Professional boksdagi statistikasi

tahrir
1 jang, 1 gʻalaba (0 nokaut bilan).
Jang
Natijasi
Jang sanasi
Raqib
Jang joyi
1 1-0 2017-yil 25-mart Gilbert Quddus   Singapur

Manbalar

tahrir
  1. „5. AIBA Youth World Championships — Sibur Arena, Sankt Petersburg, Russia — November 17-27, 2016“. Amateur-boxing.strefa.pl. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  2. Pavitt, Michael. „Russian pair earn AIBA Youth World Championships final spots“. InsideTheGames.biz (25-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2020-yil.
  3. „Boxing Results Book“. 2018 Asian Games. 28-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2020-yil.
  4. „XI Международный турнир по боксу посвященный памяти Первого Президента ЧР, Героя России АХМАТ-ХАДЖИ КАДЫРОВА 2019“ (rus). RusBoxing.ru. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  5. „Results - Page 37“. 2019 Military World Games. 2019-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2020-yil.
  6. „Узбекистан выиграл три финала Чемпионата мира среди военнослужащих“ (rus). Yuz.uz (2021-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  7. „The 58th World Military Boxing Championships finished in Moscow“ (rus). IBA. (2021-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  8. „Shunkor Abdurasulov“ (en). BoxRec. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.