Shut in (fransuzcha: Oppression) — 2016-yilda suratga olingan, psixologik dahshatli triller film. Filmga Farren Blackburn rejissyorlik qilgan, uning ssenariysi esa Christina Hodson tomonidan yozilgan. Filmda bosh rollarniNaomi Watts, Oliver Platt, Charlie Heaton, JacobTremblay, Devid Cubbit va Clémentine Poidatz ijro etgan.

Shut In

Teatr nashri uchun poster
Rejissyor(lar) Farren Blackburn
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Christina Hodson
Rollarda
Bastakor(lar) Nathaniel Méchaly
Kinematografiya Yves Bélanger
Muharrir(lar)
  • Baxter
  • Maryline Monthieux
Studiya(lar)
Distribyutor EuropaCorp (Farnsiya)
VVS Films (Kanada)[1]
Chiqarilgan sanasi
  • 11-noyabr, 2016-yil(2016-11-11) (AQSh)
  • 30-noyabr, 2016-yil(2016-11-30) (Fransiya)
Davomiyligi 91 daqiqa[2]
Mamlakatlar
  • Fransiya
  • Kanada[3]
Til inglizcha
Byudjeti $10 million[4]
Daromadi $13.1 million[5]

Film EuropaCorp tomonidan ilk marotaba AQShda 2016-yil 11-noyabrda, Fransiyada esa 2016-yil 30-noyabrda namoyish etilgan. U tanqidchilar tomonidan asosan salbiy baholandi. U butun dunyo boʻylab 13,1 million dollarlik daromad yigʻdi.

Syujeti tahrir

Stephen Maine shtatidan xulqidagi mummolar sababli maktab-internatga yuborilayotgan edi. Otasi Richard Portman uni u yerga olib ketayotgan vaqt, ular janjallashib qolishadi va mashina qarama-qarshi yoʻlga burilib, Richard vafot etadi va Stephen vegetativ holatga tushib qoladi.

Olti oy oʻtgach, Richardning ikkinchi xotini, Stephenning oʻgay onasi Mary uning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun harakat qiladi. Mary bolalar uyida ishlaydigan bolalar psixologi edi. U bemorlaridan biri, Tom ismli kar-soqov bola Bostondagi maktabga oʻtkazilishini eshitgandan soʻng, xafa boʻladi. Keyinchalik Mary Stephenning kasali haqida terapevt doktor Wilson bilan maslahatlashadi. bu voqeaga Mary oʻzini aybdor his qilardi, Stephenni parvarish qilish uchun uyga joylashtirishga qaror qildi.

Mary Tomni mashinasida uxlab yotgan holda topadi. U uni ichkariga olib kiradi va politsiyaga qoʻngʻiroq qiladi, lekin oʻsha vaqt Tom gʻoyib boʻladi. Politsiya qidiruv ishlarini olib boradi, ammo bu hech qanday natija bermaydi. Keyingi kunlarda, tunda Mary uydagi tovushlardan uygʻonib ketadi va hatto bir kechada uygʻonib ketib Tomni qorongʻulikda koʻradi. U bu hodisalarni Doktor Willson bilan muhokam qiladi, doktor ushbu holatni parasomniya bilan izohlaydi. Doktor Willson unga baʼzi dori-darmonlar berib, qon tahlili topshirishini buyuradi. Bemorlaridan birining otasi Doug Hart uni muolaja uchun taklif qiladi, lekin Mary uning prefessional doktorligiga ishonmasdan taklifni rad etadi.

Mary qarorini qayta oʻylab koʻrib, Doug bilan kechki ovqat rejalashtiradi. Oradan vaqt oʻtib, Stephen toʻshagidan gʻoyib boʻladi. Uni qidirayotgan paytda, Mary yerosti yoʻlining kichkina eshigi biroz ochiqligini koʻrib qoladi. Eshikni koʻzdan kechirish vaqti, uni ichkaridan ikkita kichik qoʻl ushlab oladi. Ertasi kuni ertalab u polda koʻzlarini ochadi. Stephen yana toʻshagiga yotgandi, lekin yuzi tirnalgan holatda.

Mary yaqinlashib kelayotgan muz boʻroni oldidan uyini tark etish uchun ikkita taklifni rad etadi, biri yordamchisi Lucydan, ikkinchisi Dougdan. Doktor Willson Skype orqali qon tahlili natijalari haqida xabar beradi. U oʻgay oʻgʻlining dori-darmonlari qonida koʻrinib turgani haqida ogohlantiradi. Mary hech qanday dori-darmonlarni qabul qilmaganini aytadi va qoʻngʻiroq tugamasdan gʻoyib boʻladi. Doktor Willson Stephenning boʻsh aravachasini, keyin Stephenning xonasi boʻylab yurganini koʻradi. Uyda chiroqlar oʻchadi va kompyuter aloqasi uziladi.

Chiroqlar oʻchganda Mary podvalda yotardi. Mary Tomni koʻradi va oʻsha paytda Stephen paydo boʻlib, uni yiqitib yuboradi. Mary oyoq qoʻllari bogʻlangan, ogʻzi bogʻlangan va vannada yalangʻoch holda oʻziga keladi. Stephen Maryga kasalxonada uning eʼtiborini qozonish uchungina gapirmaganini, qimirlamaganini, 6 oy davomida uning mehrini his qilganini, ammo 6 oydan keyin Tom paydo boʻlib, hammasi oʻzgarganini aytib beradi.

Doktor Willson Maryni ogohlantirish uchun kelganda, Stephen tomonidan hujumga uchraydi va pichoqlanadi. Mary qochishga harakat qiladi, ammo Dougning jasadi eshikni toʻsib qoʻygan edi. Doktor Willson oʻlim yoqasida Maryga Stephenni chalgʻitishini maslahat beradi. Stephen qochib ketmaslik uchun barcha eshik va derazalarni mixlab qoʻyadi. Mary va Tom koʻlga yugurishadi, u yerda Stephen Tomni muzlagan suvga choʻktirishga harakat qiladi. Mary Stephenning qoʻlidagi bolgʻani olib, boshiga urib, uni oʻldiradi. Bir necha kun oʻtgach, Mary va Tom bolalar uyiga qaytishadi.

Rollarda tahrir

Suratga olish jarayonlari tahrir

2014-yilning 5-noyabrida EuropaCorp tomonidan Farren Blackburn Christina Hodsonning 2012-yilgi „Qora roʻyxat“ ssenariysi asosida yaratilgan "Shut In" psixologik trilleriga rejissyorlik qilishga tayinlagani eʼlon qilindi[6]. EuropaCorp Lava Bear Films bilan hamkorlikda filmni suratga olib, uni moliyalashtirdi va oz fursatlar ichida film butun dunyo boʻylab tarqatildi[6]. Bosh rolni Naomi Watts ijro etishi rejalashtirildi[6]. 2015-yilning 18-martida filmning aktyorlar tarkibiga Oliver Platt, Charlie Heaton, David Cubitt, Jacob Tremblay va Clementine Poidatzlar ham qoʻshildi[7].

Namoyish etilishi tahrir

2015-yilning mart oyida EuropaCorp filmni 2016-yil 19-fevralda namoyish etilishini eʼlon qildi[8]. 2015-yil 15-dekabrda ushbu sana 2016-yil 17-iyunga koʻchirildi. 2016-yil fevral oyida namoyish sanasi yana 2016-yil 9-sentyabrga qadar choʻzildi. 2016-yil may oyida esa yana 2016-yil 11-noyabrga surildi[9] va shu kuni ommaga namoyish etildi.

Qabul qilinishi tahrir

Teatr kassasi tahrir

Shut In AQSH va Kanadada 6,9 million dollar va boshqa mamlakatlarda 6,2 million dollar toʻpladi, butun dunyo boʻylab jami 13,1 million dollarni tashkil etdi, ishlab chiqarish byudjeti 10 million dollarga teng. Shut In Arrival va Almost Rojdestvo filmlari bilan bir vaqtda namoyish etildi va uning ochilishi dam olish kunlarida 2058 ta teatrdan 6 million dollarga yaqin daromad keltirishi kutilgan edi[10]. U 3,7 million dollar daromad koʻrib, kassada yettinchi oʻrinni egalladi[11].

Tanqidiy fikrlar tahrir

Rotten Tomatoes saytida, film 45 ta fikrga asoslangan holda 4% tasdiqlash reytingiga ega boʻlib, oʻrtacha reyting 2,92/10 natijani koʻrsatdi. Saytning tanqidiy konsensusida shunday deyiladi: „Chalkash syujet va hayajonlarning umuman yoʻqligi tufayli Shut In oʻzining isteʼdodli aktyorlari va tomoshabinlarning vaqtini behuda sarflaydi“[12]. Metacriticda film 14 ta tanqidchiga asoslangan holda 100 balldan oʻrtacha 25 ball oldi[13].CinemaScore tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada tomoshabinlar filmga A+ dan F gacha boʻlgan shkala boʻyicha oʻrtacha „C“ bahosini berishgan. 

Mukofotlar tahrir

Watts „Eng yomon aktrisa“ nominatsiyasida "Oltin malina" mukofotiga sazovor boʻldi[11], ammo Hillari Amerikasi: Demokratik partiyaning maxfiy tarixi filmi uchun Rebekah Turnerga yutqazdi.

Manbalar tahrir

  1. „Shut In (2016)“. UniFrance. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
  2. Shut In. British Board of Film Classification. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
  3. „Oppression“. Unifrance (2016). Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
  4. „All Pics Rise Thanks To Veterans Day: 'Doctor Strange' Leading; 'Arrival' Blasting Off To 108.5M-$22.5M“. Deadline Hollywood (2016-yil 13-noyabr).
  5. Shut In (2016)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 Vlessing, Etan. „AFM: Naomi Watts Joins Psychological Thriller 'Shut In'“. Hollywood Reporter (2014-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-may.
  7. Hipes, Patrick. „Oliver Platt Joins Naomi Watts In 'Shut In' For EuropaCorp & Lava Bear“. Deadline Hollywood (2015-yil 18-mart). Qaraldi: 2015-yil 11-may.
  8. McNary, Dave. „Naomi Watts' 'Shut In,' Sullivan Stapleton's 'The Lake' Set 2016 Release Dates“. variety.com (2015-yil 6-mart). Qaraldi: 2015-yil 10-may.
  9. Hime, Nelly. „Black List Script 'Shut In' (2016) Gets Trailer and Release Date“. nagamedigital.com (2016-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 30-oktyabr.
  10. „'Doctor Strange' to hold off 'Arrival' and 'Almost Christmas' at the box office“. Los Angeles Times (2016-yil 8-noyabr).
  11. 11,0 11,1 „'Doctor Strange' Repeats at #1 as 'Arrival', 'Almost Christmas' & 'Shut In' Hit Theaters“. Box Office Mojo. IMDb. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "opening" defined multiple times with different content
  12. Shut In (2016)“. Rotten Tomatoes. Fandango (2016-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-may.
  13. Shut In Reviews“. Metacritic. CBS Interactive. Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.

Havolalar tahrir