Siddiq Moʻmin (taxallusi; asl ismi-sharifi Siddiq Moʻminov; 1956-yil 15-iyul, Buloqboshi, Rishton tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — filologiya fanlari doktori, professor. Bir nechta ilmiy va sheʼriy kitoblar muallifi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Siddiq Moʻmin
Mo‘minov Sidiqjon Mirsobirovich
Tavalludi 15-iyul 1956-yil (1956-07-15) (68 yosh)
Buloqboshi, Rishton tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Olim, shoir
Ilmiy darajasi Filologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni Professor

Hayoti

tahrir

Mo‘minov Sidiqjon Mirsobirovich 1956-yil 15-iyulda Farg‘ona viloyati Rishton tumani tarkibidagi Buloqboshi qishlogʻida tugʻilgan. Dastlab oʻz qishlogʻidagi 5-maktabda oʻqigan va u yerni 1973-yilda bitirgan. Mehnat faoliyatini 1973–1974-yillarda Fargʻona mexanika zavodida oddiy ishchi sifatida boshlagan.

1974–1978-yillarda Fargʻona davlat pedagogik institutining (FarDPI, hozirgi Fargʻona davlat universiteti) oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. Oliy taʼlimni tamomlagach, 1978–1979-yillarda FarDPIning koʻptirajli „Pedagog“ gazetasida mas’ul muharrir lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 1979–1980-yillarda Kaluga va Ashxobod shaharlarida harbiy xizmatni oʻtagan. Xizmatdan soʻng, 1980–1982-yillarda „Pedagog“ gazetasida mas’ul muharrir sifatida ish faoliyatini davom ettirgan.

1982-yilda „Okkazional-nutqiy nominatsiyasida motivatsiyaning roli“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Keyingi yillarda Fargʻona davlat universitetida (FarDU) faoliyat yuritib, 1991–1993-yillarda oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari, 1993–1995-yillarda esa oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti boʻlib ishlagan.

1995–1998-yillarda Fargʻona davlat universiteti doktoranturasida tahsil olib, ilmiy izlanishlarini davom ettirgan. 2000-yilda „Oʻzbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyati“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000–2004-yillarda Fargʻona davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani sifatida faoliyat olib borgan. Keyinchalik 2007–2014-yillarda oʻzbek tilshunosligi va tilshunoslik kafedralarida professor lavozimida xizmat qilgan.

2008-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan. 2010-yilda professor unvoniga sazovor boʻlgan. 2011-yilda esa „Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2014–2015-yillarda Fargʻona davlat universiteti maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat olib borgan. 2015-yildan boshlab Fargʻona davlat universiteti tahririyat-nashriyot boʻlimi boshligʻi lavozimida ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda[1]. Hozirda Fargʻona davlat universitetining Tilshunoslik kafedrasida professor[2][3][4][5][6][7][8][9].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Asarlari

tahrir
  • “Muomala sirlari”
  • “So‘zlashish sanʼati”
  • “Muloqot mezoni”
  • “Ijtimoiy ekologiya muammolari” (monografiya)
  • „Nutq madaniyati“[10]

Sheʼriy toʻplamlari

tahrir
  • “Bahor kelganga o‘xshaydi”
  • “Mendan mehr kutayotganlar”
  • “Yurtim yilnomasi”
  • “Oilada ulg‘ayar Vatan”
  • “Ostonangda kutayotgan baxt”.

Manbalar

tahrir
  1. Саттаров Абдуқодир Нурмухаммад ўғли. „профессор Сиддиқ Мўмин...“ (2016-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 4-yanvar.
  2. Siddiq MO‘MIN. „“Senga tuhmat qilsalar agar...”“. UZA (2021-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 4-yanvar.
  3. Адҳамбек АЛИМБЕКОВ. „Кулмай кулдирадиган ҳажвчи“. Hurriyat. Qaraldi: 2025-yil 4-yanvar.
  4. Muhammadjon Obidov. „Navoiyga ehtirom tadbiri davom etmoqda“. UZA (2023-yil 9-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  5. Sohibjamol Tongotarova. „Ona tilimizni avvalo o‘zimiz qadrlashimiz kerak“. UZA (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 1-aprel.
  6. Мўминов, Сиддиқжон (2022). „СЎЗ ЗАВҚИ (ПРОФЕССОР НИЗОМИДДИН МАҲМУДОВ ЗАМОНДОШЛАРИ НИГОҲИДА)“. World of Philology (inglizcha). 1-jild, № 2. 28–31-bet. ISSN 2181-3620.
  7. „ЎЗБЕК ТИЛИ БАЙРАМИ КУНИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ФАРҒОНАДА БАЙРАМ ТАДБИРИ БЎЛИБ ЎТДИ“. Fargʻona viloyati hokimligi (2023-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 4-yanvar.
  8. Маъсуджон Сулаймонов; Муқимжон Қодиров. „Фарғонада ўтказилган китоблар тақдимотида Ислом Каримовнинг ҳаёти ва серқирра фаолияти кенг тарғиб қилинди“. Islom Karimov ilmiy-maʼrifiy majmuasi (2018-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 4-yanvar.
  9. Ботир Мадиёров. „Фарғонанинг серқирра ижодкор фарзанди“. Халқ сўзи (2021-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 4-yanvar.
  10. S. Moʻminov; D. Nurmonova, O. Karimova. Нутқ маданияти. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005 — 68-bet. ISBN 5-633-01686-6.