Siddiq Qahhorovich Qahhorov(1952-yil 10-oktyabr, Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Siddiq Qahhorov
Tavalludi 10-oktyabr 1952-yil (1952-10-10) (71 yosh)
Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Buxoro davlat universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Siddiq Qahhorov 1952-yil 10-oktyabr Gʻijduvon tumanidagi Toshrabotcha qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1969—1974-yillarda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tamomlagan. 1974—1976-yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti „Umumiy fizika“ kafedrasi laboranti va oʻqituvchisi, 1976—1978-yillarda Moskva shahridagi N. E. Bauman nomidagi Oliy texnika universiteti stajyor-tadqiqotchisi, 1979—1981-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizika-texnika instituti aspiranti, 1982—1985-yillar Buxoro davlat pedagogika instituti fizika fakulteti dekani muovini, dekani, 1992—1996-yillarda Buxoro davlat universiteti „Nazariy va qattiq jismlar elektronikasi“ kafedrasi mudiri, dotsent, 1996—1997-yillarda Buxoro davlat universiteti ichki nazorat inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi hamda „Qattiq jismlar elektronikasi“ kafedrasi mudiri, 1997—2001-yillarda Buxoro davlat universiteti monitoring va ichki nazorat inspeksiyasi prorektori hamda „Kasb-hunar taʼlimi“ kafedrasi mudiri, 1996—1997-yillarda Buxoro davlat universiteti ichki nazorat inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi hamda „Qattiq jismlar elektronikasi“ kafedrasi mudiri, 1997—2001-yillarda Buxoro davlat universiteti monitoring va ichki nazorat inspeksiyasi prorektori hamda „Kasb-hunar taʼlimi“ kafedrasi mudiri, 2001—2002-yillarda Buxoro davlat universiteti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va marketing xizmati prorektori, 2002—2006-yillarda Buxoro davlat universiteti oʻquv ishlari prorektori, 2006—2014-yilarda ilmiy ishlar prorektori, 2009—2010-yillarda Buxoro davlat universiteti rektori, 2014—2022-yillarda Buxoro davlat universiteti kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi, 2014—2017-yillarda Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert kengashi aʼzosi boʻlib faoliyat koʻrsatdi. 2014-yildan Buxoro davlat universiteti professori[1].

Oilasi tahrir

Oilali, 4 farzandi bor.

Ilmiy faoliyati tahrir

2006-yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan[1]. Ilmiy izlanishlari davomida 350 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 2 patent, 11 mualliflik guvohnomasi, OOʻMTVning grifi asosida 2 darslik, 12 oʻquv qoʻllanma, 38 oʻquv-uslubiy, ilmiy-uslubiy qoʻllanma, 8 monografiyalari chop etilgan. 278 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. 2006-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoni berilgan. 2019-yilda „Kombinatsiyalangan gelioquritgich“ nomli ixtirosiga Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan patent olgan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE