Sighișoara
Sighișoara (veng.: Segesvár, nemischa: Schäßburg Transilvaniya saksonchasi: Schäsbrich; idishcha: שעסבורג; lotincha: Castrum Sex) – Ruminiyaning Mureş okrugidagi Târnava Mare daryosi boʻyida joylashgan shahardir. Transilvaniya tarixiy hududida joylashgan Sighișoara 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 28,102 aholiga ega. YuNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Angofa, Aurel Vlaicu, Hetiur, Rora, Șoromiklea, Venchi va Viilor qishloqlarini boshqaradi. Sighișoara 1918-yilgacha Vengriya qirolligi tarkibida boʻlgan.
Sighișoara Sighișoara | |
---|---|
Munitsipal shahar | |
46°13′1″N 24°47′28″E / 46.21694°N 24.79111°E | |
Mamlakat | Ruminiya |
Okrug | Mureș |
Hukumat | |
• mayor | Iulian Sîrbu[1] |
Demografiyasi va nomi
tahrirYil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1910 | 10 913 | — |
1930 | 13 033 | +19.4% |
1948 | 18 284 | +40.3% |
1956 | 20 363 | +11.4% |
1966 | 25 109 | +23.3% |
1977 | 33 208 | +32.3% |
1992 | 36 170 | +8.9% |
2002 | 32 287 | −10.7% |
2011 | 28 102 | −13.0% |
2011-yilda etnik guruhlar[2]:
- Ruminlar (75 %)
- Vengerlar (17,6 %)
- Roman loʻlilar (5,3 %)
- Nemislar (1,5 %)
Shahar nomining 3 tildagi koʻrinishi:
Rumin tilida | Nemis tilida | Venger tilida |
---|---|---|
Sighișoara | Schäßburg | Segesvar |
Angofa | Ungefug | Angofa |
Aurel Vlaicu | Haufan | |
Hetiur | Marienburg bei Schäßburg | Hétur |
Rora | Rohrau | Rora |
Șoromiclea | ||
Venchi | Wench | Venk |
Viilor | Kulturberg | Szőlőskert |
Diqqatga sazovor joylari
tahrirSighișoara yaxshi saqlangan devor bilan oʻralgan eski shahar bilan mashhur sayyohlik maskani boʻlib, ham YuNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Qalʼaning asosiy diqqatga sazovor qismi, albatta, minoralardir.
Minoralar
tahrirQadimgi harbiy arxitektura yozuvlariga koʻra, mudofaa minoralari oʻzaro mudofaa uchun istehkom tizimi boʻlishi kerak edi va shu bilan birga, har bir minora mustaqil qal’a boʻlishi kerak edi. Ushbu minoralarning aksariyati ichi boʻsh boʻlib, liftlar va yer osti galereyalari bilan jihozlangan.
- Sighișoara soat minorasi (Turnul cu Ceas) – shaharning diqqatga sazovor joyi 13-asrda qurilgan 64 m balandlikdagi minoradir. Bugungi kunda tarix muzey.
- Qalaylar minorasi (Turnul Cositorarilor)
- Qassoblar minorasi (Turnul Măcelarilor)
- Etikchilar minorasi
- Tikuvchilar minorasi (Turnul Croitorilor)
- Moʻynachilar minorasi (Turnul Cojocarilor)
- Temirchilar minorasi (Turnul Fierarilor)
- Arqonchilar minorasi (Turnul Frânghierilor)
- Koʻnchilar minorasi (Turnul Tăbăcarilor)
- Face minorasi – qoʻrgʻondan tashqarida, Târgu Muresga boradigan yoʻldagi minora, ammo oʻzining hikoyasi tufayli hali ham tashrif buyurishga arzirli.
Cherkovlari
tahrir- Biserica din Deal – shubhasiz, shaharning eng qimmatli meʼmoriy yodgorliklaridan biri boʻlib, Ruminiya gotika koʻrinishidagi binolaridan biri boʻlgan.
- Biserica Mânăstirii Dominicane – Gotika uslubidagi meʼmoriy yodgorlik boʻlib, oat minorasi yaqinida joylashgan. XIII asr boshlarida qurilgan. Qoʻngʻiroqsiz yagona cherkov: sababi sakslar cherkov uchun unchalik koʻp pul sarflamagan va bitta qoʻngʻiroq, yaʼni tepalikdagi cherkovning qoʻngʻirogʻi butun shahar uchun yetarli deb oʻylashgan.
- Avliyo Joseph rim-katolik cherkovi
- Biserica Leproșilor
- Sighișoara pravoslav sobori (Catedrala Ortodoxă)
- Qadimgi pravoslav cherkovi
Fuqarolik arxitekturasi
tahrirShahardagi kamida 300 yildan beri mavjud boʻlgan 164 ta uyning aksariyati tarixiy obidalar hisoblanadi: toʻrtburchak rejali shahar maydoni, vaqt oʻtishi bilan koʻplab oʻzgarishlarni boshdan kechirgan boʻlsa-da, bu yerda bir vaqtlar shaharning zodagon oilalari yashagan. Eng yaxshi uylar asl shaklini saqlab qolgan uylardir.
- Casa de pe stâncă
- Evert – yoshlar uchun millatlararo taʼlim markazi.
- Casa Venețiană
- Vlad Draculaning uyi
- Sighișoara shahar hokimiyati
- Sighișoara mehmonxona majmuasi – 1886—1889-yillar oraligʻida qurilgan shahar hokimiyati qarorgohi boʻlgan.
- Togʻdagi maktab
- Casa cu Cerb
- Piața Cetăți
- Casa Asociatiei Mestesugaresti (La Perla)
- Joseph B. Teusch binosi (Markaziy bogʻ mehmonxonasi)
Taniqli shaxslari
tahrir- Johann Michael Ackner, Transilvaniya sakson arxeologi
- Doina Cojocaru, gandbolchi
- Friedrich Grünanger, arxitektor
- Ralph Gunesch, -Missing required parameter 1=''month''!, 2006-yil holatiga koʻra nemis futbolchisi
- Adrian Ivanitchi, xalq gitaristi
- Johannes Kelpius, nemis ziyolisi, musiqachisi va tasavvufchisi, XVII asr oxirida Amerikaning Pensilvaniya koloniyasiga koʻchib kelganida diniy jamoaga asos solgan.
- Gabriel Mureşan, futbolchi
- Marie Stritt, nemis feministi va sufragist
- Georg Daniel Teutsch, lyuteran yepiskopi
- Vlad III Ipaler, Valaxiya shahzodasi, xayoliy vampir graf Dracula uchun ilhom boʻlgan.
- Radu Voina, sobiq gandbolchi, hozirda murabbiy
Xalqaro munosabatlar
tahrirQardosh shaharlar
tahrirSighișoara bilan birodarlashgan shaharlar
|
Galereya
tahrir-
Shahardagi minora
-
Sighișoara oʻrta asr festivali
-
Tungi koʻrinishi
-
Sighisoara markazi qishda
-
Sighisoaraning XIX asrdagi tasviri
Yana qarang
tahrir- Venger ekzonimlari roʻyxati (Mureş okrugi)
Manbalar
tahrir- ↑ „Results of the 2020 local elections“. Central Electoral Bureau. Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.
- ↑ „2011 census data“. 26-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Miasta partnerskie – Zamość“ (polyakcha). Urząd Miasta Zamość. 28-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2022-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Sighișoara haqida turkum mavjud |
- Sighișoaraning 360° li panorama rasmlari – 1 (Wayback Machine saytida 2007-10-14 sanasida arxivlangan) va 2-qism (Wayback Machine saytida 2007-10-20 sanasida arxivlangan)
- Sighișoara shahri rasmiy sayti
- TOP 10 qoʻllanma: Sighișoaraning eng yaxshisi
- Ruminiyaga boraylik (Wayback Machine saytida 2020-08-07 sanasida arxivlangan)
- Sighișoara360.ro/ Sighișoara 360 virtual sayohati va Oʻrta asr festivali fotogalereyasi
- Sighișoara rasmlari
- Sigisoara, Ruminiya: Draculaning taxminiy uyi – The Huffington Post tomonidan slayd-shou
- Kanadalik fotograf Carey Nash tomonidan Sighișoaradan olingan suratlar
- Moldaviyalik fotograf Dumitru Brinzan tomonidan Sighișoaraning HDR fotosuratlari (2012)
- Sighișoara shahridan sayyohlik maʼlumotlari, foto galereya va veb-kamera