Silvia Fontana (talaffuz: Silviya Fontana; 1976-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida ishtirok etgan sobiq figurali uchuvchi boʻlib, Qishki Olimpiya oʻyinlarida Italiyani ikki marta himoya qilgan.

Silvia Fontana
Vakili Italiya
Tavalludi (1976-12-03) 3-dekabr, 1976-yil (46 yosh)
, New York
Oldingi murabbiylari Robin Wagner
M. D’Agata
E. Kramer

Frank Carroll
Galina Zmievskaya

Oldingi xoreografi Nina Petrenko
Uchishni boshlagan 1980
Uchishni tugatgan 2006

Faoliyati

tahrir

Fontana toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan. U 1993 −1994-yilgi mavsumda Italiyani xalqaro musobaqalarda himoya qila boshlagan. Faoliyati davomida beshta milliy chempionlikni qoʻlga kiritgan va Yevropa chempionatida 7-oʻrinni hamda Jahon chempionatida 8-oʻrinni egallagan. 2002-yilda Salt Lake City shahrida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida 10-o‘rindan joy olgan. Fontana 2002-yildan keyin konkida uchishni tark etgan. U 2005 — 2006-yilgi mavsumda oʻz vatani Italiyada boʻlib oʻtadigan Olimpiadada ishtirok etish umidida yana figurali uchishga qaytgan. Uning Italiya milliy terma jamoasida 2-oʻrinni egallaganligi unga Italiya Olimpiya terma jamoasiga kirish huquqini bergan[1].

Fontana Olimpiadadan soʻng butun dunyo boʻylab muz shoularida, shuningdek, Italiya televideniyesida efirga uzatiluvchi konkida uchish shoularida ishtirok etgan. U turmush oʻrtogʻi John Zimmerman bilan Florida shtatda murabbiylik bilan shugʻullanadi. Ularning oʻquvchilari orasida Haven Denney / Brandon Frazier bor va hozirda Vanessa James / Morgan Ciprès juftligiga murabbiylik qilishmoqda[2].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Fontana Nyu-York shtatining Staten orolida tugʻilgan, Rimda oʻsgan va faoliyati davomida New Jersey shtatining Hackensack shahrida taʼlim olgan. Fontana 2003-yil 28-avgustda amerikalik konkida uchuvchi John Zimmermanga turmushga chiqqan.

Dasturlari

tahrir
Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2005 — 2006

  • Blues
    C. Brown
2001 — 2002

  • Histoire d’Amour
  • Carlos Almaran
  • Another Cha Cha

    Santa Esmeralda
  • Mexico con Amor
2000 — 2001

  • Flamenco

    Otmar Liebert
  • Time to Say Good e

    Andrea Boccelli

Natijalari

tahrir
Natijalar
Xalqaro
Musobaqa 1993 — 94 1995 — 96 1996 — 97 1997 — 98 1998 — 99 1999 — 00 2000 — 01 2001 — 02 2005 — 06
Olimpiada 10 22
Jahon chempionati 25 24 18 16 19 10 10
Yevropa chempionati 22 20 18 13 8 11 7
Rossiya GP kubogi 11 9 9
GP Lalique 10 7
GP Skate America 10
GP Skate Canada 7 5
GP Sparkassen 7
Universiada 3
Italiya chempionati 1 1 3 2 1 1 2 1 2
GP = Gran-pri

Manbalar

tahrir
  1. Rutherford, Lynn. „Change of scenery serves Denney, Frazier well“. IceNetwork (2013-yil 17-may). 2016-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
  2. Wojnarowski, Adrian. „Fontana fulfilling dream in Italy“. The Record (Bergen County) (2006-yil 21-fevral). Qaraldi: 2007-yil 11-dekabr. „Figure skater Silvia Fontana, right, a resident of Hackensack, enjoying a break from training with her coach, Robin Wagner.“.