Sisovat II Monivong (1875-yil Pnompenda tugʻilgan — 1941-yil Pnompenda vafot etgan) — Kambodjalik davlat arbobi, Sisovat sulolasining sobiq valiahd shahzodasi, keyin esa Kambodja qiroli sifatida davlatni boshqargan (1927–1941).

Biografiya tahrir

Sisovat II Monivong Pnompen shahrida tugʻilgan. U oilada ikkinchi farzand boʻlgan. Uning otasi Qirol Sisovat I 1904-1927-yillarda davlatni boshqargan. Sisovat II Monivong boshlangʻich ta'limni Kambodja poytaxtida, Ecole Fransua Badoin maktabida olgan.

1904-yilda, katta akasi vafotidan soʻng, Sisovat Monivong Kambodjaning valiahd shahzodasi boʻldi.

1927-yil 9-mayda otasining vafotidan so‘ng u Kambodja qiroli etib saylandi va o‘sha yilning sentabr oyida toj kiydi. Qirol boʻlishiga qaramay, haqiqiy hokimiyat uning qoʻlida emas edi. Buning asosiy sababi esa oʻsha davrda Kambodja Fransiya nazorati ostida boʻlgani hisoblanadi.

Ammo, shunga qaramay Kambodja kommunizmining ibtidosi davri deya nomlangan 20-asr Kambodjasi Sisovat Monivong hukmronligi davrida tashkil topgan edi. Kambodja kommunizmining genezisi uning hukmronligi davrida sodir boʻldi va Ieng Sary va Pol Pot kabi shaxslar oʻzlarining siyosiy faoliyatini uning davrida boshladilar. Sisovat II Monivong 1941-yil 24-aprelda Pnompenda vafot etgan. Uning oʻrnini Sisovat Kossamakning qizi Norodom Sixanuk egalladi.

Ikkinchi jahon urushi tahrir

U Ikkinchi jahon urushi davrida Kambodja qiroli ei. Urush davomida ancha zaiflashib qolgan mustamlakachi Fransiya ayniqsa, kommunistlarga qoʻl keldi va ular uchun Kambodjada istiqlolchilik harakatlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. oʻz mamlakatining siyosiy hayotida hal qiluvchi kuchga ega boʻlmagan qirol Sisovat Monivong 1941-yil boshida yaponlar Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini Yaponiyaga boʻysundirish kampaniyasini boshlaganini koʻrdi. Nemislarning qoʻgʻirchoqlari boʻlgan fransuz hukmdorlari endi yaponlarning qoʻgʻirchoqlariga aylanadi. Yaponiyaning o‘sha paytdagi ittifoqchisi bo‘lgan Tailand fursatdan foydalanib, qirolning ojiz hukmdorligi ostidagi Kambodja hududlarini egallab oladi[1].

Havolalar tahrir

  1. Norman G. Owen, The Emergence of Modern Southeast Asia, p. 363
  2. ^ Buyers, Christopher. „CAMBODIA The Varman Dynasty GENEALOGY“ (en). The Royal Ark.

  1. ^ Sveriges statskalender (in Swedish), 1915, p. 776, retrieved 8 November 2020 – via runeberg.org
  1. „Sisowath_Monivong“.