Siyohkoron koʻchasi
Siyohkoron koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Siyohkoron soʻzi „qoralovchilar, qora rangga boʻyovchilar“ maʼnosida qoʻllangan. Alohida guzar sifatida XVIII–XIX asr vaqf hujjatlarida tilga olinadi[1]. Bu guzarda yashovchi aholining asosiy mashgʻuloti eski poyabzallarni taʼmirlash, qora rangga boʻyash va sotishdan iborat boʻlgan. Joy nomi ham shu mashgʻulot turidan kelib chiqqan[2].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manbalar
tahrir- ↑ Toʻrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.