Siyosiy-maʼmuriy xaritalardavlatlar yoki ularning ayrim qismlarini hozirgi kundagi siyosiy-maʼmuriy tuzilishini aks ettiruvchi xaritalar. Siyosiy-maʼmuriy xaritalarda xaritalashtirilayotgan hududning siyosiy va maʼmuriy boʻlinishi (hududiy, siyosiy va maʼmuriy birliklarning joylashuvi, chegaralari), davlat tuzilishi va boshqaruv shakllari, siyosiy, strategik va maʼmuriy markazlari, xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega kommunikatsiyalar tasvirlanadi. Siyosiy-maʼmuriy xaritalardan maʼlumotnoma sifatida, tashkiliy xoʻjalik, oʻquv maqsadlarida va boshqa mazmundagi mavzuli xaritalarni tuzishda asos sifatida foydalaniladi. Oʻzbekistonda muntazam ravishda dunyoning 1:30 000 000, respublikaning 1:1 000 000 va 1:1 500 000, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va alohida viloyat hamda tumanlarning 1:200 000 dan 1:1 00 0 000 gacha masshtabli siyosiy-maʼmuriy xaritalari nashr etiladi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil