Skafandr va kapalak
Skafandr va kapalak (fransuzcha: Le Scaphandre et le Papillon) – jurnalist Jean-Dominique Baubyning xotira kitobi. Bu kitobda uning insultdan oldingi va undan keyingi hayoti tasvirlangan.
Muallif(lar) | Jean-Dominique Bauby |
---|---|
Mamlakat | Fransiya |
Til | fransuzcha |
Janr(lar)i | Avtobiografiya, Memuar |
Nashriyot | Éditions Robert Laffont |
ISBN | 978-0-375-40115-2 |
Kitobning fransuzcha nashri dastlab 1997-yil 7-martda nashr etilgan. U nashr qilingan birinchi kunida 25,000 nusxada sotilgan va bir hafta ichida jami sotuvlar soni 150,000 ga yetgan. Kitob butun Yevropa boʻylab birinchi raqamli bestsellerga aylangan. Uning umumiy savdosi hozirda milliondan oshgan.
Tarixi
tahrir1995-yil 8-dekabrda Elle jurnalining bosh muharriri Bauby insultni boshdan oʻtqazgan va komaga tushib qolgan. U 20 kundan soʻng uygʻongan. Ruhan oʻz atrofidagi narsalardan xabardor boʻlsada, jismonan falaj edi. Bu holat „qulflangan sindrom“ deb atalardi. Bauby butun kitobni chap koʻz qovogʻini pirpiratib yozgan. Yordamchi harflarni koʻrsatib turgan hamda Baubyning ishorasi orqali soʻzlarni qogʻozga koʻchirgan. Bu uchun ular ikki oy davomida kuniga 3 soat, haftada 7 kun vaqt sarflashgan[1]. 1997-yil 9-martda, kitob nashr etilganidan ikki kun oʻtgach, Bauby pnevmoniya tufayli vafot etgan[2][3].
Boblari
tahrir- Muqaddima
- Oʻrindiq
- Ibodat
- Choʻmilish
- Alifbo
- Imperator ayol
- Chinechitta
- Sayyohlar
- Kolbasa
- Qoʻriqchi farishta
- Surat
- Yana bir oʻxshashlik
- Tush
- Qadr ostidagi ovoz
- Omadli kun
- Ilon izi[4]
- Parda
- Parij
- Sabzavot
- Sayr
- Yigirma bir
- Oʻrdak ovi
- Yakshanba
- Hong Konglik malikalar
- Xat
- Greven muzeyida
- Maqtanchoq[4]
- Hayotdagi bir kun
- Yangi mavsum
Moslashuvlari
tahrir1997-yilda Jean-Jacques Beineix Baubyning falaj holatida kitob yaratish jarayoni haqida 27 daqiqalik „Assigné à résidence“ nomli hujjatli film suratga olgan[5].
Rejissyor Julian Schnabelning ushbu kitob asosida suratga olgan badiiy filmi 2007-yilda chiqarilib, unda Mathieu Amalric Bauby rolini oʻynagan. Film bir qancha xalqaro mukofotlarga nomzod boʻlgan va oʻsha yili Kann kinofestivalida eng yaxshi rejissyor nominatsiyasida gʻolib boʻlgan[6][7][8][9].
2019-yilda Dallas Opera kompaniyasi Jean-Dominique Baubyning ushbu asari asosida yaratilgan „The Diving Bell and the Butterfly“ operasi uchun Milliy sanʼat jamgʻarmasi grantiga sazovor boʻlgan[10][11].
Manbalar
tahrir- ↑ „Elizabeth Day interviews ghost-writer Claude Mendibil“ (en). the Guardian (2008-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
- ↑ Thomas, Rebecca. Diving Bell movieʼs fly-away success, BBC, February 8, 2008. Accessed June 5, 2008.
- ↑ Mallon, Thomas (June 15, 1997) „In the Blink of an Eye – The Diving Bell and the Butterfly,“ The New York Times. Retrieved April 8, 2008.
- ↑ 4,0 4,1 Bauby, J. (1998). The Diving Bell and the Butterfly (First Vintage International ed.). New York: Random House, Inc.
- ↑ „film-documentaire.fr - Portail du film documentaire“. www.film-documentaire.fr.
- ↑ „Cannes Winners: Stark Abortion Drama Tops“. www.altfg.com.
- ↑ Academy Awards Database (Wayback Machine saytida 2008-09-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Film Awards“. www.bafta.org (2014-yil 31-iyul).
- ↑ HFPA Awards Database
- ↑ „Fourteen North Texas Arts Groups Earn $400,000 In Grants From The NEA“. www.artandseek.org (2019-yil 14-fevral).
- ↑ „Fiscal Year 2019, First Round, Artistic Discipline/Field List“. www.arts.gov.