Sk8er Boi
„Sk8er Boi“ („Skater Boy“ soʻzlarining oʻzgartirib yozilgani; tarjimasi „Skeytchi bola“) — kanadalik xonanda Avril Lavigne ijro etgan qoʻshiq. 2002-yilda Lavignening „Let Go“ nomli studiyaviy albomining ikkinchi taronasi oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiqni Lavigne hamda „The Matrix“ jamoasi (Scott Spock, Lauren Christy va Graham Edwards) yozgan. Tarona pank rok, pop-pank, pauer pop hamda alternativ pop janrlarini oʻzida jamlagan. Qoʻshiq matnida muallifning roker yigiti hamda yigit maktabda tanigan qiz haqida hikoya qilinadi. Muallif maktabda skeytchi boʻlgan yigiti rok yulduzi boʻlib yetishgani, uni mensimagan qiz esa hozirgi kunda uyda oʻtiradigan yolgʻiz ona ekanligi haqida kuylaydi.
„Sk8er Boi“ | ||||
---|---|---|---|---|
Avril Lavigne qoʻshigʻi | ||||
„Let Go“ albomidan | ||||
A tomon | „I'm with You“ (faqat DVDda) | |||
B tomon | „Get Over It“ | |||
Chiqarilgan sanasi | 9-sentyabr, 2002-yil | |||
Janr | ||||
Davomiyligi | 3:23 | |||
Leybl | Arista | |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) | The Matrix | |||
Avril Lavigne singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Sk8er Boi“ YouTubeda |
Qoʻshiq tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan va xonandaga katta shuhrat olib kelgan. Shuningdek, qoʻshiq 2003-yilda „Eng yaxshi ayol rok ijrosi“ nominatsiyasida „Grammy“ mukofotiga nomzod oʻlaroq koʻrsatilgan. „Sk8er Boi“ Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya hamda AQSh kabi oʻndan oshiq mamlakat xit-paradlaridan eng yuqori oʻntalikka kirgan. Qoʻshiq Lavignening „Billboard Hot 100“ xit-paradida eng yuqori oʻntalikka kirgan ikkinchi singlidir. „Spin“ musiqa jurnali qoʻshiqni XXI asrning beshinchi eng yaxshi pop-pank qoʻshigʻi deb topgan[1]. 2022-yilning avgust oyi holatiga koʻra, qoʻshiq AQShda 3 milliondan oshiq nusxada sotilgan[2].
Qoʻshiq uchun Francis Lawrence rejissyorligida klip suratga olingan[3]. Unda Lavigne shahar koʻchasida, avtomobil ustida atrofida toʻplangan olomonga konsert berayotgani aks etgan[4]. BT TV britan telekanali „Sk8er Boi“ qoʻshigʻi klipini oʻn yillikning eng yaxshi kliplaridan biri deb topgan[5]. Lavigne ushbu qoʻshiqni barcha konsertida ijro etib keladi.
Relizi
tahrirHudud | Sana | Format(lar) | Leybl | Mnb. |
---|---|---|---|---|
AQSh | 2002-yil 9-sentyabr |
|
Arista | [6] |
Avstraliya | 2002-yil 28-oktyabr | CD | [7] | |
Olmoniya | 2002-yil 9-dekabr | [8] | ||
Belgiya | 2002-yil 11-dekabr |
|
[9] | |
Birlashgan Qirollik | 2002-yil 16-dekabr |
|
[10] | |
AQSh | 2003-yil 11-mart | DVD | [11] |
Manbalar
tahrir- ↑ „The 21 Best Pop-Punk Choruses Of The 21st Century“ (inglizcha). Spin (28-aprel 2017-yil). Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „American single certifications – Avril Lavigne – Sk8er Boi“ (inglizcha). Recording Industry Association of America. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „A Tale Of Two Avrils On TRL Thursday“. Pop Dirt. 2023-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may 2014-yil.
- ↑ „CMJ New Music Report 9 September 2002“. CMJ (2002-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 4-may 2014-yil.
- ↑ MacRae, Dan. „Top 10 Avril Lavigne Songs“. 2014-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-may.
- ↑ „RR-2002-09-05.pdf“ (PDF). Radio & Records. № 1469. 6-sentabr 2022-yil. 27-bet. 9 March 2021da asl nusxadan arxivlandi (PDF).
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „The ARIA Report: New Releases Singles – Week Commencing 28th October 2002“. ARIA (28-oktabr 2002-yil). 2002-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2021-yil.
- ↑ „Sk8er Boi“. Amazon Germany.
- ↑ „New Releases Singles Week 50, 11 December 2002“. Ultratop. 2003-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „For Week Starting 16 December 2002: Singles“ (PDF). Music Week. 14-dekabr 2002-yil. 27-bet. Qaraldi: 1-sentabr 2021-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Avril Lavigne: I'm with You / Sk8er Boi“. Amazon (11-mart 2003-yil).
Havolalar
tahrir