Snayper ayollar oʻquv maktabi

(Snayper ayollar o'quv maktabidan yoʻnaltirildi)

Snayper ayollar oʻquv maktabi (ruscha: Центральная женская школа снайперской подготовки) — Ikkinchi jahon urushi davrida front uchun ayol snayperlarni oʻqitish maqsadida ochilgan Sovet harbiylashtirilgan maktabi. Urush yillarida maktab 1061 nafar snayper va 407 nafar mergan instruktorni tayyorladi. Maktabdan bir qancha muvaffaqiyatli snayperlar yetishib chiqqan va faxriy unvon bilan taqdirlangan, ulardan ikki nafar bitiruvchi halok boʻlganidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan[1].

Tarixi

tahrir

Maktab Moskva viloyatining Veshnyaki shahrida 1942-yil 20-martda Mudofaa xalq komissarligining maktabni tashkil etish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga binoan ochilgan. Potensial talabalar kamida 20 yoshda, jismonan sogʻlom, kamida oʻrta maktabning yettinchi sinfini tugatgan va dastlabki 4 kunlik Vsevobuch dasturidan oʻtishlari kerak edi. Parad va qasamyoddan soʻng maktab shu yilning 3-may kuni rasman ochildi[2].

1943-yil fevral oyida maktab oʻquvchilari oʻzlarining umumiy jamgʻarmalaridan 69 260 rublni miltiq ishlab chiqarishni boshlash uchun xayriya qilishdi. Oʻsha oyda Kosinoda oʻq otish poligoni ochildi. May oyida maktab rasman Markaziy ayol snayperlar tayyorlash maktabiga aylandi. 25-iyun kuni maktabga ikkita batalyon va snayper instruktorlari boʻlinmasini tuzish toʻgʻrisida buyruq berildi, shundan soʻng 50 nafar bitiruvchidan iborat kursantlarning birinchi guruhi Kalinin frontiga va yana 54 nafari Shimoli-gʻarbiy frontga yuborildi. Iyul oyida kursantlarning ikkinchi guruhi harbiy qasamyod qilib, mashgʻulotlarni boshladi. Moskva oliy harbiy qoʻmondonlik bilim yurti imtihonidan oʻtgan kursantlar bitiruv bilan bir qatorda kichik leytenant unvoniga ham ega boʻlishdi. 1944-yil mart oyidagi bitiruvchilardan 150 nafari Shimoliy-Gʻarbiy frontga, 75 nafari 2-Boltiq frontiga, 200 nafari Gʻarbiy frontga, 75 nafari 1-Boltiq frontiga va 85 nafari 1-Belorussiya frontiga yuborildi[1][2].

1944-yil may oyida kursantlarning uchinchi guruhi qasamyod qildi va mashgʻulotlarga kirishdi. 1944-yil 25-noyabrda 559 nafar ayol akademiyada xizmat qilish uchun ketishdi, qolgan 411 nafar bitiruvchi talabalar fevral oyida urush frontiga joʻnatildi. Ulardan 95 nafari 1-Belorussiya frontiga, 87 nafari 2-Belorussiya frontiga, 110 nafari 1-Ukraina frontiga, 119 nafari 4-Ukraina frontiga yuborilgan[2].

1945-yil 15-martdan 10-maygacha maktab tugatilib, shaxsiy tarkib Moskva Oliy harbiy qoʻmondonlik bilim yurtiga oʻtkazildi[2].

Taniqli bitiruvchilari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Из истории женского снайперского движения“ (ru). Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Хронология ЦЖШСП“ (ru). 2013-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-fevral.
  3. „Молдагулова Алия Курумгамбиевна“. soviet-aces-1936-53.ru. 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  4. Sakaida, Henry. Heroines of the Soviet Union 1941–45, Illustrated by Christa Hook, Bloomsbury Publishing [2003], 2012 — 56–57-bet. ISBN 978-1-78096-692-2. 
  5. „Бордашевская (Кисс) Ольга Фёдоровна - Советские снайперы 1941-1945 гг.“ (ru). soviet-aces-1936-53.ru. Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
  6. „Лобковская Нина Алексеевна - Советские снайперы 1941-1945 гг.“ (ru). soviet-aces-1936-53.ru. Qaraldi: 2018-yil 13-fevral.
  7. „Виноградова (Михайлова) Александра Евгеньевна - Советские снайперы 1941-1945 гг.“ (ru). soviet-aces-1936-53.ru. Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
  8. „Шляхова Александра Николаевна - Советские снайперы 1941-1945 гг.“ (ru). soviet-aces-1936-53.ru. Qaraldi: 2019-yil 14-oktyabr.
  9. „Шанина Роза Георгиевна 1924г.р.“ (ru). podvignaroda.ru. Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.