Soʻfi Roziq madrasasi — Samarqand madrasasi. Samarqanddagi eng mashhur madrasalardan biri boʻlib, 1851-yilda Buxoro amiri Amir Nasrulloh davrida, Soʻfi Roziq tomonidan bunyod etilgan va 12 hujradan iborat boʻlgan[1]. Unda 1 nafar mudarris 24 ta talabaga taʼlim bergan. Soʻfi Roziq madrasasida 1 nafar sartarosh, 1 nafar farrosh, 1 nafar meshkopchi faoliyat olib borgan. Mazkur madrasaning vaqf mulki ham mavjud boʻlgan. Dargoh bir nafar mudarris tomonidan boshqarilgan. Mazkur maʼlumotlar rus maʼmurlari tomonidan tuzilgan 1871-yilgi hujjatda mavjud. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa vaqf hujjati mavjud boʻlib, 1893-yil 11-yanvar- 27-yanvar rasmiylashtirilgan. 1267-yil zulhijja oyida (1851-yil, sentyabr-oktyabr) Soʻfi Muhammad Roziq mulla Hayit oʻgʻli oʻzi bunyod etgan madrasaga oʻziga tegishli 23 tanob yerini vaqf qiladi. Mutavvali ushbu vaqf mulkida ushr olgan. Abdurazzoq soʻfi guzari Samarqand shahrining tashqarisida joylashgan edi. Madrasa gʻarbida yoʻl, shimoli usta Mirjon valadi usta Mirzo Muhammad hovlisi, sharqida Ashurboy hovlisi, janubida esa Rahmatulloh hovlisi mavjud boʻlgan. Voqif shartlariga koʻra madrasa gʻarb tomonidagi 2 ta hujrada uning avlodlari oʻqib, taʼlim olishlari kerak boʻlgan. Mazkur hujjat Amir Nasrulloh muhri bilan tasdiqlangan. N. P. Ostroumovning 1914-yilgi hisobotiga koʻra madrasa 1851-yilda bunyod etilgan boʻlib, 13 hujradan iborat. Bir nafar mudarris 24 nafar talabaga dars oʻtgan. Abdusattor Jumanazarov fikriga koʻra 13 hujra darsxona va kutubxona boʻlgan[2].

Madrasa
Soʻfi Roziq madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Soʻfi Roziq
Homiylar Soʻfi Roziq
Binokorlik 1851-yil—???
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 12 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Meʼmorchiligi

tahrir

Soʻfi Roziq madrasasi 12 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Manbalar

tahrir
  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet.